Turkiyaning Mersin—Antaliya trassasida shaharlararo yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda TRT Haber va Milliyet telekanallari xabar berdi.
Avtobus tunneldan chiqishdagi to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilib ketgan. Voqea joyiga tez yordam, jandarmeriya, AFAD va o‘t o‘chirish brigadalari yetib keldi. Yaradorlar shifoxonalarga yetkazildi.
Mahalliy hokim Ali Hamza Pehlivan ham voqea joyiga bordi.
“Bu haqiqatan ham baxtsiz hodisa, barchamiz jabr ko‘rdik. Jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman. Voqea haqida xabar olishimiz bilan qidiruv-qutqaruv va tibbiy guruhlarimiz, shuningdek, jandarmeriya ham voqea joyiga yetib keldi. Voqea yuzasidan kerakli tekshiruvlar o‘tkazildi”, — dedi rasmiy.
Avval Turkiyada ichida sayyohlar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida 26 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)