Braziliyaning Baiya shtatida sayyohlar avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yo‘l-transport hodisasida kamida 25 kishi, jumladan, bolalar va homilador ayollar halok bo‘lgan.
“Yuk mashinasida ketayotgan uch kishi va avtobusda bo‘lgan 22 kishi halok bo‘lgan. Yana besh kishi jarohat olgan”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar hodisa sabablarini hali aniqlay olmadi. Mahalliy hokimiyat uch kunlik motam e’lon qildi.
Avvalroq Rossiyaning Novgorod viloyatidagi M-11 “Neva” trassasida 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 4 kishi, jumladan, 2 yoshli bola halok bo‘lgan.
Izoh (0)