Soliq qo‘mitasi ipoteka kreditlariga daromad solig‘i imtiyozi qanday va qancha summaga qo‘llanilishi haqida maʼlumot berdi.
![](/static/2024/01/23/pul-8Ck2bzQI.jpg)
Unga ko‘ra, daromad solig‘i imtiyozi faqat yosh oila uchun va subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga qo‘llaniladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan imtiyozlar:
- Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yo‘naltirilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha bo‘lgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;
- Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga to‘lguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.
Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan ko‘chmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga o‘tkazilsa, soliq imtiyozi qo‘llanilgan butun davr uchun soliq to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
Izoh (0)