Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni O‘zbekiston yetakchisi XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh (0)