“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”ga ko‘ra 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi. Biznesni rivojlantirish banki axborot xizmati rahbari bu bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari bu imkoniyatdan foydalana oladi.
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ham bu imkoniyatdan foydalana oladi.
Dastur doirasida, shuningdek, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati, qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish nazarda tutiladi.
Izoh (0)