Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil va Livan chegarasida jangovar harakatlarni to‘xtatishga va “o‘t bilan o‘ynashishni” bas qilishga chaqirdi.
“Chegara bo‘ylab kunlik o‘t ochilishidan jiddiy xavotirdaman. Bu harakatlar Isroil va Livan o‘rtasida keskinlikni kuchaytirib, mintaqaviy barqarorlikka jiddiy taʼsir qilishi mumkin”, — dedi Guterrish jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil shimoli va Livan janubidagi o‘n minglab odamlar janglar natijasida o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
“Men sodir bo‘layotgan voqealardan qattiq xavotirdaman. Men barcha tomonlarga oddiy va ochiq xabarni yetkazishim kerak: “Chegarada o‘t bilan o‘ynashishni to‘xtating, Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga muvofiq keskinlikni pasaytiring va harbiy harakatlarni to‘xtating”, — deya ta’kidladi bosh kotib.
Izoh (0)