2023-yilda O‘zbekistondagi davlat xizmatlari markazlarida 316 mingta eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga almashtirildi.
O‘tgan yil davomida Toshkent shahrida eng ko‘p (116 947 ta) eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga almashtirilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (42 654), Namangan (40 489) hamda Qashqadaryo (34 597) viloyatlari haydovchilari yangi “prava” olgan.
Avvalroq eski namunadagi guvohnomalarni yangi namunaga almashtirish muddatlari maʼlum qilingandi. Xususan:
- 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilgan “prava”lar — 2023-yil 31-martga qadar;
- 2010 – 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyunga qadar;
- 2013 – 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentyabrga qadar;
- 2015-yildan keyin berilganlari esa 2023-yil 31-dekabrga qadar almashtirilishi majburiy hisoblanadi.
Muddati o‘tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan haydovchiga nisbatan “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 135-moddasi bilan “hujjatsiz boshqarish” bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali onlayn olish imkoniyati yaratilgan.
Izoh (0)