Yangi Namangan tumanida 496 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan. “G.” MFY hududidagi savdo do‘koni hamda fuqaro K.K.ning xonadonidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 496 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)