Rossiyaning Novgorod viloyatidagi M-11 “Neva” trassasida 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat rahbari Andrey Nikitin xabar berdi.
Hodisa oqibatida 4 kishi, jumladan, 2 yoshli bola halok bo‘lgan. Olti kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Moskva tomon yo‘l harakati butunlay to‘sib qo‘yilgan. Aylanma yo‘l M-10 “Rossiya” avtomagistrali bo‘ylab tashkil etilgan.
M-11 “Neva”da 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida kuchli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. O‘lganlar bor. Hozir hududiy xizmatlar har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan hududda isitish punkti tashkil etiladi, yo‘lovchilar issiq choy va buterbrodlar bilan ta’minlanadi, — deydi viloyat rahbari.
Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi, Tergov qo‘mitasi xodimlari ishlamoqda. Novgorod viloyati prokuraturasi ommaviy avtohalokat yuzasidan tergov tashkil qilgan.
Izoh (0)