Vengriyada 40 dan ortiq avtomobil to‘qnashib ketdi, ularning 19 tasi yonib ketdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-03-12_17-46-34.jpg)
Yo‘l transport hodisasida 5 ta yuk mashinasi va 37 yengil avtomobil ishtirok etgan. Avariya oqibatda 36 kishi jarohatlangan, ular kasalxonaga olib ketilgan. Shifokorlar 13 kishining jarohatini og‘ir deb baholamoqda.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-03-12_17-46-57.jpg)
Mashinalar to‘qnashishi ortidan 19 ta avtomobil yonib ketgan. Favqulodda holatga yo‘ldagi qum bo‘roni sabab bo‘lgan. Katta tezlikda ketayotgan haydovchilar oldilaridagi mashinalarni ko‘rmasdan bir-birini urib yuborgan.
Jarohatlanganlarning o‘n nafari bolalar. Voqea sodir bo‘lganidan keyin politsiya ikki yo‘nalishda katta yo‘lni to‘sib qo‘ygan.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-03-12_17-49-22.jpg)
Izoh (0)