Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqdi. Bu haqda Yelisey saroyiga tayanib, BFMT xabar berdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron allaqachon amaldorning iste’fosini qabul qilib, unga Fransiya hukumati rahbari sifatidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.
Vazirlar mahkamasining yangi tarkibi va yangi bosh vazir nomi “yaqin soatlarda” eʼlon qilinadi. Nashrning yozishicha, bosh vazirlik uchun mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu, moliya vaziri Bruno Le Mer, atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Kristof Beshu, ta’lim vaziri Gabriel Attal va Fransiya Milliy assambleyasining sobiq raisi Rishar Ferran da’vogarlardir.
Elizabet Borne Fransiya hukumatini 2022-yilning may oyidan beri boshqarib kelayotgandi. Elizabet Born yangi hukumat tayinlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Izoh (0)