Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tashkilotlari xodimlarining dekabr oyidagi maoshi kechikayotganiga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha UzASBO-2 tizimiga o‘tish munosabati bilan tizimda ayrim muammo va uzilishlar kuzatilmoqda.
Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilgan hamda UzASBO-2 tizimi orqali budjet tashkilotlarining dekabr oyi II yarmi uchun 35 foiz budjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta’minlangan.
“Ish haqini to‘lash jarayonida UzASBO-2 tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabrda UzASBO dasturining ishida olti kundan davomida nosozlik kuzatilayotgani haqida xabar tarqalgandi. O‘shanda respublika bo‘yicha ko‘plab operatsiyalar to‘xtab qolgan edi.
Izoh (0)