Isroilning HAMASga qarshi urushi boshlanganidan beri G‘azo sektorida 400 mingdan ortiq odamda yuqumli kasalliklar qayd etildi, deb xabar bermoqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.
7-oktyabrdan buyon Falastin hududida 179 mingta o‘tkir respirator infeksiya, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 136,4 mingta diareya, 55,4 mingta qoraqo‘tirga chalinish va bitlash, 4,6 mingta sariq kasaliga chalinish holati aniqlangan.
Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri G‘azo sektorida 22 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, janglarda BMTning 130 dan ortiq xodimi va 286 nafar tibbiyot xodimi qurbon bo‘lgan.
BMT G‘azodagi gumanitar vaziyatni bir necha bor “halokatli” deb atagan hamda mojaro tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga, tinch aholiga oziq-ovqat, suv va boshqa zarur tovarlar yetkazib berishga, barcha garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirgan.
Izoh (0)