Daryo

Erdo‘g‘on Netanyaxuning G‘azodagi harakatlarini Gitler jinoyatlariga qiyosladi

“G‘azodagi hujumlar boshlanganidan beri 80 kun o‘tdi, bu vaqt davomida insoniyatning barcha qadriyatlari o‘qqa tutildi”, — dedi Turkiya prezidenti

1 daqiqa o‘qish17 976 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning G‘azoda sodir etgan harbiy jinoyatlarini Gitler boshchiligidagi fashistlar rejimining harakatlariga qiyosladi. Bu haqda u Anqaradagi chiqishi davomida aytib o‘tdi. 

“G‘azodagi hujumlar boshlanganidan beri 80 kun o‘tdi, bu vaqt davomida insoniyatning barcha qadriyatlari o‘qqa tutildi. Netanyaxu bugungi kunda sodir etgan jinoyatlari bilan Gitlerning 80 yil oldingi harakatlari o‘rtasida hech qanday farq yo‘q”, — dedi Erdo‘g‘on.

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti G‘azodagi fojiani to‘xtatish uchun G‘arb davlatlari yetarlicha harakat qilmayotganini yana bir bor ta’kidladi.

“Germaniya Gitler jinoyatlari uchun hamon javob bermoqda, shuning uchun ular jim. G‘arbning Isroildan qarzi bor, Turkiyaning qarzi yo‘q. Amerika Isroilga har tomonlama yordam bermoqda, bu yordam bilan Isroil G‘azo aholisini o‘ldirmoqda”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.

Avvalroq u Netanyaxuni harbiy jinoyatchi deb atagan va 3 mingga yaqin advokat Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga Isroil bosh vazirini G‘azo sektorida sodir etayotgan harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishni talab qilib da’vo qilgani haqida xabar bergan edi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar