Finlyandiyada sovuq havo bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Mamlakat meteorologiya instituti xabar berishicha, Laplandiyaning Enontekiyo shahrida 42,5 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu harorat qishning eng past harorati hisoblanadi. 2000-yillarda Finlyandiyada havo harorati atigi uch marta minus 42 darajadan past bo‘lgan: 2001-yil fevralda Piyajarvida (minus 42,5 daraja), 2006-yil yanvarda Kittilada (minus 43,6 daraja) va 2012-yil fevralda Inarida (minus 42,7 daraja).
Avvalroq Finlyandiyada qattiq sovuq tufayli poyezdlar qatnovi jadvali buzilgan edi. Kechikishlar 15 daqiqadan 45 daqiqagacha uzaygan.
Kecha 3-yanvar kuni “Yevropa shaharlaridagi hayot sifati 2023” hisobotiga ko‘ra, Finlyandiyaning poytaxti Xelsinki shahri 2024-yilda ko‘chib borish uchun eng yaxshi Yevropa shaharlari safidan joy olgani xabar qilingandi.
Izoh (0)