• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Aviahalokatdan qutulib qolgan, yo‘l-yo‘l libos yoqqani uchun “Real”ni emas, “Barselona”ni tanlagan va katalonlar afsonasiga aylangan Ladislav Kubala haqida

    Ladislav Kubalaning hayot yo‘liga nazar solsangiz, Remarkning navbatdagi asarini o‘qiyotgandek taassurot olasiz. Sharqiy Yevropadagi kambag‘al oiladan chiqqan, muvaffaqiyatga erishish uchun juda qiyin yo‘lni bosib o‘tgan bolakay hikoyasi.

    Foto: Twitter/@FCBarcelona_es

    Laslo (tug‘ilgandagi ismi) Kubala 1927-yil 10-iyunda Budapesht yaqinida ishchilar oilasida dunyoga kelgan.

    Kubala o‘zining futbol yo‘lini Vengriyaning “Ganz Torna” jamoasida boshlagan. O‘sha paytlar eng qiyin davr edi: birinchi jahon urushidan qolgan asoratlar, ikkinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar. Laslo nafaqat futbol o‘ynashi, balki juda ko‘p ishlashi ham kerak edi. Bu qiyinchiliklar uning xarakteriga ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi.

    Foto: Twitter

    1945-yilda Kubala o‘sha paytda eng kuchli jamoalardan biri — “Ferensvarosh” bilan shartnoma imzoladi. Laslo u yerda uzoq qolmadi, lekin ushbu jamoada o‘ynagani sababli Vengriya yoshlar terma jamoasidan chaqiruv oladi.

    1946-yilda Kubalaning otasi vafot etadi va u oila boshiga aylanadi. Qiyinchilik sabab oila qadimiy ajdodlari vatani bo‘lmish Chexoslovakiyaga qaytishga qaror qiladi. Laslo u yerda Ladislav ismini oladi. Chexoslovakiyaning Bratislava shahriga joylashgan mahalliy jamoa bilan kelishuvga erishadi. 1946-yil 27-oktabrda Chexoslovakiya terma jamoasida debyutini o‘tkazadi. Avstriyaga qarshi dastlabki uchrashuvidayoq Kubala o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yadi. Chexoslovakiya o‘sha o‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozonadi.

    1947-yilda esa Ladislav bosh murabbiyning qiziga uylanadi va turmush o‘rtog‘i bilan 3 farzandni voyaga yetkazadi.

    Kubala Bratislavada uzoq qolmadi. Tez orada Vengriya o‘z yerlaridan chiqib ketgan qochoqlarni ortga qaytara boshlaydi. Kubala ham oilasi bilan Vengriyaga qaytishga majbur bo‘ladi.  Budapesht shahrining “Vashash” jamoasi Ladislavni o‘z safiga qo‘shib oladi. Vengriya terma jamoasi Kubala boshqa terma jamoada ishtirok etgan bo‘lsa-da, ikkinchi terma jamoa sifatida uni qaydnomaga kirita boshladi. Bu esa uzoq davom etmadi. Futbolchi Chexoslovakiyaga josuslik qilishda gumonlanib, kuzatuv ostiga olindi. Kuzatuvlarning oxiri Kubalaning Vengriya armiyasiga chaqirilishi bilan tugaydi. Futbolchi armiyada xizmat qilishni istamasdi va ikkinchi marta mamlakatni tark etdi. 1949-yil yanvar oyida Kubala oilasi bilan Venadan qochib ketadi. Mana shu yerda uning hayoti Remark kitoblaridek kechayotgandi. Italiyaning eng kuchli jamoalaridan biri “Torino” futbolchiga taklif bilan chiqdi. Bundan Vengriya futbol federatsiyasi xabar topadi va Kubalani umrbod futboldan chetlatishni so‘rab FIFAga shikoyat qiladi. “Torino” vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qila boshladi. Kubala klubning rasmiy o‘yinlarida ishtirok eta olmasdi. Turin jamoasi Ladislavni 1949-yilgi Lissabondagi “Benfika”ga qarshi o‘yinga taklif qiladi. O‘sha paytda Kubala endigina farzandli bo‘lgandi va turmush o‘rtog‘i uni Portugaliyaga bormaslikka ko‘ndiradi. Futbolchi turinliklar bilan birga parvoz qilmaydi. “Torino”ning Lissabonga sayohatining yakuni qanday bo‘lganini ashaddiy futbol muxlislari bilisa kerak. “Torino” Lissabonda “Benfika” mehmoni bo‘ladi. 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan turinliklar ortga qaytishda aviahalokat natijasida foijaviy tarzda halok bo‘ladi. Kubala turmush o‘rtog‘ining iltimosiga ko‘ra uyda qoladi va o‘sha samolyotga chiqmaydi.

    Foto: Wikipedia

    Ladislav uzoq vaqt tushkunlikda yashaydi. U birorta rasmiy o‘yinda ishtirok etolmasdi, lekin oilasini boqish uchun pul kerak. Kubala shunda shaxsiy futbol klubini tashkil qilishga qaror qiladi. Jamoaga Sharqiy Yevropadan kelgan qochoqlarni taklif etadi. Tarkibning asosiy qismini vengerlar va yugoslavlar tashkil etardi. Oxirgi pullariga jamoa uchun avtobus sotib oladi va Yevropa bo‘ylab sayohatga otlanadi. “Hungariya” (Kubala jamoasini shunday atagan) Avstriya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynaydi va Italiyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi. Shundan so‘ng Ispaniyaga yo‘l oladi.

    Qanday joyga borib qolayotganimizni sezayotgan bo‘lsangiz kerak.

    Muxlislar bilan to‘lgan Sevilya stadionida Kubala jamoasi Ispaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Ladislavning o‘zi o‘sha o‘yinda jarima zarbasidan gol uradi. Kubala ispan grandlari nazariga tushadi. “Real” va “Barselona”dan tushgan takliflar ichidan kataloniyaliklarni tanlaydi. “Nega?” degan savolga yo‘l-yo‘l libos yoqishini aytib o‘tadi.

    Foto: Getty Images

    1950-yilda Kubala Ispaniya fuqaroligini oladi. Ismini Ladislaoga o‘zgartiradi. “Barselona” skautlar rahbari Pep Samityer FIFA ofisiga boradi va futbolchining rasmiy o‘yinlarda qatnashish huquqini qaytarish uchun muzokara o‘tkazadi.

    Soatlab davom etgan suhbatdan so‘ng FIFA futbolchining diskvalifikatsiyasini 1 yilga qisqartirib beradi va “Barselona”ga shart qo‘yadi. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar Vengriya futbol federatsiyasiga va “Pro Patrii” jamoasiga (Kubala “Torino”dagi omadsizlikdan so‘ng shu jamoa bilan shartnoma imzolagan edi) pul to‘lab berishi lozim edi.

    Kubalaning Kataloniya jamoasidagi ilk ustozi Ferdinand Dauchik bo‘ldi. Dauchik boshchiligida klub 2 marta La Liga va 1 marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

    Kubala “Barselona” muxlislarining yoqimtoy futbolchisiga aylandi. Uning o‘yinini yana ko‘proq muxlis ko‘rishi uchun kataloniyaliklar yangi stadion qurishni rejalashtiradi. O‘sha stadion dunyoga mashhur “Kamp Nou” edi.

    Kubala Kataloniyadagi dastlabki to‘liq mavsumida 19 o‘yinda maydonga tushadi va 26 ta gol urdi. Ulardan 7 tasini bitta o‘yinda “Sporting Xixong” darvozasiga uradi.

    Madridda esa boshqa bir vengriyalik futbolchi Ferens Pushkash yetakchiligida super klub tuzilayotgandi. “Barselona” esa bunga ko‘z yumib keta olmasdi. Yangi murabbiy Elenio Errera futbolchilarga alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiqlab qo‘ydi. Kubala alkogol mahsulotlarini ko‘p ichardi, lekin rahbariyatning so‘zini ikki qilmadi.

    Keyingi mavsum og‘ir kechadi. Futbolchi sil sabab juda kam o‘yinda maydonga tusha olmaydi, tuzalganidan keyin esa u jamoasining chempionat, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritishiga yordam bergandi.

    Foto: Getty Images

    Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Kubala “Barselona” murabbiyiga aylanadi. Lekin futbolchilikni qo‘msayverdi. Shuning uchun “Espanyol” jamoasiga o‘ynovchi murabbiy bo‘lib o‘tib ketadi. U yerda Alfredo di Stefano bilan birgalikda to‘p suradi.

    Umrining oxirgi yillarida Kubala Parkinson kasalligiga chalinadi. 2002-yil 12-fevralda Barselonadagi shifoxonaga yotqizilgan Ladislav 2002-yil 17-mayda vafot etdi.

    1999-yilda “Barselona” o‘zining 100 yilligini nishonladi va muxlislar o‘rtasida “jamoaning eng yaxshi futbolchisi” kimligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra Ladislav Kubala eng ko‘p ovoz to‘pladi.

    Futbol tarixidagi afsonaviy futbolchilardan birining hayot yo‘li shunday kechgan.

    31.12.2023, 21:58   Izoh (0)   28063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qadrdon butsi, futbolga kirib kelishdagi to‘siqlar va go‘zal Jenni. Maradona emas, Ronaldoga havas qilgan neapollik “pakana” — Lorenso Insinye haqida

    05.06.2021, 00:18

    Umrini “Roma”ga bag‘ishlagan, “Real”ga rad javobini bergan va faoliyatini tugatgan kuni qizidan ayrilishiga bir baxya qolgan Franchesko Totti haqida

    27.09.2021, 23:48

    Og‘riq va qon. Evander Holifild va Mayk Tayson o‘rtasidagi shov-shuvli jang haqida 

    14.11.2023, 12:10

    Konor Makgregor: “1-yanvar kuni oktagondagi navbatdagi raqibim kimligini aytaman” 

    31.12.2023, 21:28

    0 dan 618 gacha. Futbol tarixidagi noodatiy raqamlar

    31.12.2023, 19:00

    Abbosbek Fayzullayev RPL birinchi davrasi bo‘yicha “SSKA”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi 

    31.12.2023, 11:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.