• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Umrini “Roma”ga bag‘ishlagan, “Real”ga rad javobini bergan va faoliyatini tugatgan kuni qizidan ayrilishiga bir baxya qolgan Franchesko Totti haqida

    Franchesko Totti 1976-yilning 27-sentabrida Rimda tavallud topgan. Butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan “Imperator” 45 yoshga kirdi. Shu munosabat bilan Tottining avtobiografik kitobida “Sardor”dagi eng qiziq voqealar taqdim etiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Roma”ga emas, “Milan” yoki “Latsio” akademiyasiga qabul qilinishi mumkin edi

    1988-yilda 12 yoshli Totti “Lodijani”ning yoshlar jamoasida 8-raqam ostida harakat qilardi. Bir kuni “Milan” jamoasi bosh direktori Aryedo Braydaning shaxsan o‘zi Tottining uy telefoniga qo‘ng‘iroq qildi. Oradan bir necha soat o‘tib, Francheskoning uyiga tashrif buyurdi. Onasi, otasi Lorenso, akasi Rikkardo mehmonning qarama-qarshisida o‘tirar, yosh Chesko esa bu vaziyatda uning ovoz berishga haqi yo‘qligini bilgan holda xona burchagida qolganlarni kuzatardi.

    “Janob Totti, ‘Milan’ dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lishi uchun prezident Berluskoni jiddiy investitsiya kiritmoqda. Ikki yil mobaynida biz juda ko‘p yulduzlarni xarid qildik, endi yoshlarga ham imkoniyat bermoqchimiz. Paolo Maldini — bizning siyosatimiz ramzi. Rimda ‘Milan’ning skautlari bisyor, ularning barchasi o‘g‘lingiz Francheskoning iqtidori haqida gapiryapti. Agar u bizning jamoaga o‘tsa, xursand bo‘lardik. Franchesko buyuk futbolchi bo‘lishiga shubham yo‘q, bu borada unga ‘Milan’dan boshqa yordam beradigan jamoa ko‘rmayapman”, — degandi Brayda.

    Foto: Instagram / Franchesko Totti

    Foto: Instagram / Franchesko Totti

    Aryedoning qo‘lida shartnoma bor edi, unga ko‘ra Franchesko “Lodijani”da bir necha yil qolishi, “Milan”dan boshqa barcha jamoalarning taklifini rad etishi kerak edi. “Rossonerilar” oilaning Milanga har bir tashrifi pulini to‘lab berishga, “Lodijani”ga esa 150 million lira berishga va’da bergandi. Lekin Katta Totti rozi bo‘lmadi.

    Lorenso farzandining uyni tark etishi uchun hali yosh deb hisoblardi. Undan tashqari futbol federatsiyasidagi do‘sti ikki yildan so‘ng Cheskoning narxi qimmatroq bo‘lishini aytgan edi.

    Tez orada “Lodijani” ikkita jamoadan taklif oladi: “Roma” va “Latsio”. “Burgutlar” pul bermoqchi edi, “bo‘rilar” esa futbolchi almashtirishni taklif qildi. “Lodijani”ga “Latsio”ning taklifi yoqdi. Lekin tanlovni Tottining ota-onasi qabul qilardi.

    Franchesko 9 yoshida “Roma”ning o‘yinlariga qatnay boshladi, onasi “Latsio”ga muxlislik qilardi, Rikkardo bir kuni rafiqasiga: “Chesko ‘Roma’ga o‘tishni istaydi, men esa uning qarorini qo‘llab-quvvatlayman”, — dedi. Tottining kelajagiga oydinlik kiritildi.

    Buffon va Kannavaroga “Roma”ga o‘tishni maslahat bergan

    Totti haqidagi mish-mishlardan biri — u “Roma”ga yulduzlarning olib kelinishiga qarshi bo‘lgan. Aytishlaricha, futbolchi rahbariyatni jahon darajasidagi futbolchilarni olib kelmaslikka ko‘ndirishga uringan. Chunki yulduzlarning kelishi uning jamoadagi darajasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin edi.

    Totti bu mish-mishni kulgili deb hisoblaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Aslida barchasi boshqacha. G‘alaba qozonishimiz uchun bizga katta futbolchilar kerak ekanini tushunaman. Kim qancha pul ishlab topishi bilan qiziqmaganman. Hech kimga hasad ham qilmayman. Jamoa Batistutani xarid qilishini eshitganimda, bolalarcha xursand bo‘lganman.

    ‘Roma’ning kuchliroq bo‘lishini qanchalik xohlashimni Buffon va Kannavarodan so‘rashingiz mumkin. Men ularni Rimga kelishga ko‘ndirish uchun qancha harakat qilganman.

    Franchesko Totti

    2001-yilda “Roma” “Parma”ga qarshi o‘yindan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritgan, Buffon esa rimliklarni tabriklash uchun kiyim almashtirish xonasiga kelgandi. “Prezident, ana u! Uni qo‘yib yubormanglar!”, — degandi shampan vinosi ichib olgan Totti. “Roma” haqiqatan ham Janluijini xarid qilishga urinib ko‘rdi, lekin yozda u “Yuventus”ga o‘tib ketdi.

    2006-yilgi mundialdagi g‘alabadan so‘ng Totti ikkinchi marta Buffonni Rimga taklif qildi: “Rimda chempionlikni nishonladik, juda ko‘p ichdik, Chirko Massimo odamlar bilan to‘lgandi. Men unga: “Tasavvur qil, skudettoni olish — takrorlanmas hissiyotlar degani”. Jiji jilmaydi va hatto rozi bo‘ldi: “Ha, men ‘Roma’ga o‘tishim lozim”, — degandi. Ertasi kuni Buffon bilan bu masalani muhokama qilaman deganimda, u allaqachon Turinga uchib ketgan ekan”.

    Chempionlikdan so‘ng Rimni mast holatda aylandi

    Kiyim almashtirish xonasida skudettoni nishonlash boshlandi. “Biz kuyladik va raqsga tushdik, men ‘Gladiator’ filmidan iqtibos keltirardim, Xidetoshi Nakata jimgina burchakda kitob o‘qib o‘tirardi. Shampan vinosidan so‘ng negadir o‘zimni yomon his qila boshladim. Umuman ichkilik ichmasdim, shampanni esa och qoringa ichib yuborgandim”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Keyin esa bayramni hamma alohida nishonlay boshladi. Braziliyaliklar o‘zlari bazm uyushtirdi, Batistuta Delvekkioga qo‘shildi, jamoaning bir qismi Montellaning uyiga yig‘ildi. Yarim tunda Fabio Kapello ham bazmga qo‘shildi, chempionlik bayrami Kapello va Vinchensening tug‘ilgan kuni bilan ulashib ketdi.

    Totti o‘zini tanib qolmasliklari uchun dubulg‘ani kiydi va mopedni minib, Rimni aylanishga ketdi. “Juda ko‘p shampan vinosi ichib yuborib, xato qilganman. Lekin juda sekin va tartibli haydadim. Bu lahzalarni o‘tkazib yuborish mumkin emasdi — butun shaharda odamlar, Rim sariq-qizilga burkangan. Bu hayotimdagi eng yaxshi tun edi”.

    Tuni bilan ko‘chada, restoranda yurgan Tottini ertalab yaqinlari uyga olib borib qo‘ydi.

    Fabio Kapello bilan 12 yil gaplashmagan

    2003/04-yilgi mavsumda “Roma” chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lsa-da, ikkinchi o‘rinni egalladi. Kapello o‘zini ushlab turolmadi, jahl bilan Totti, Emerson hamda Valter Samuel bilan yuqori tonda gaplashdi. Murabbiy futbolchilarning mashg‘ulotlarga mas’uliyatsiz yondashgani yomon natijalarga olib kelganini aytdi. Bu esa ularning jahlini chiqardi va tabiiyki, futbolchilar ham jim turmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Franchesko Totti Kapello haqida iliq fikr bildiradi — uni talabchan, ulkan tajribali, g‘olib jamoa tarbiyalaydigan murabbiy, deb ataydi. Lekin Fabioning “Roma”dan ketishi Tottini xafa qildi.

    Mavsum tugaganidan o‘n kun o‘tib “Yuventus” Fabio Kapelloni bosh murabbiy bo‘lganini e’lon qildi. Butun jamoa shok holatiga tushib qoldi, hech kim muzokaralar haqida eshitmagan edi. Totti Kapello bilan bu xabarni muhokama qilishga ulgurmay qoldi. “Kapello shunchaki narsalarini yig‘ishtirdi va qochib ketdi. Bunday murabbiyni faoliyatimda boshqa ko‘rmadim”, — deydi Franchesko.

    Ular 12 yil mobaynida gaplashmadi, shunchaki ko‘rishib qolganda salomlashishdi, xolos. 2016-yilda bo‘lib o‘tgan xayriya o‘yinida ular orasidagi “muz eridi”. “Biz salomlashdik va hech nima sodir bo‘lmagandek gaplashib ketdik. Keyin esa Dubaydagi marosimda bir stol atrofida o‘tirdik. Ikki soatni maroq bilan o‘tkazdik, shunda biz bog‘langanimizni tushundik — axir, ‘Roma’ni chempion qilganmiz”.

    “Real”ga rad javobini bergan

    Florentino Peres fojia sodir bo‘lgan kun — 2001-yil 11-sentabrda birinchi urinishni amalga oshirdi. “Roma” va “Real” delegatsiyasi Chempionlar Ligasidagi o‘yindan oldin kechki ovqatni birgalikda qildi va madridliklar prezidenti Franko Sensiga murojaat qildi: “Bilasanmi, dunyoning eng yaxshi futbolchilarini ‘Real’ga olib kelmoqchiman. Shuning uchun Totti bilan muzokara o‘tkazishimga ruxsat bersang degandim. Bu hazil emas. Narxni ayt, men to‘layman”.

    Sensi esa qat’iy javob berdi: “Bu muhokama qilinmaydi. Totti mening o‘g‘lim kabi. Uning transferi haqida gaplashishni xohlamayman”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2004-yilda “Real” agent Ernesto Bronzettini ishga oldi — italiyalikning asosiy vazifasi Tottini Madridga o‘tishga ko‘ndirish edi. Uch yilda jamoaning moliyaviy holati o‘zgardi (Kafu, Batistuta, Kapello ketdi, 2003-yilda jamoa sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi), “Roma” qarshilik ko‘rsatishga ojiz bo‘lib qoldi. “Bo‘rilar” eng oxirgi o‘ringa tushib qoldi, murabbiylar birin-ketin almasha boshladi — “Real” vaziyatdan unumli foydalanishga qaror qildi.

    “Roma” quyi divizionga tushib ketmasligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, 2005-yil 22-mayda “Real” Totti uchun rasmiy taklif yubordi. Futbolchi uchun “Roma”dagidan ko‘ra ko‘proq maosh — yiliga 4,2 million yevro va’da qilindi. Bundan tashqari futbolchining ismi ishlatilgan atributlar uchun yana 15 million berilardi. Bu esa Tottini dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylantirishi mumkin edi. “Roma” esa futbolchi uchun 60 million yevro olishi ko‘zda tutilgandi.

    Totti nikoh to‘yiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, bo‘lajak rafiqasi Madridda yashashga qarshi emasdi. Otasi bunga qarshi bo‘ldi, akasi Rikkardo esa bunday puldan voz kechish kerak emas, deb hisoblardi. Franchesko onasi bilan gaplashmadi.

    “Onamga Madridga ketayotganimni qanday aytishni bilolmadim. Meni mashg‘ulotlarga olib borgani, darslarni mashinada birga qilganlarimiz yodimga tushdi. Birinchi maoshimni olganimda qanchalar xursand bo‘lganini esladim. Shunda qaror qildim — ‘Real’ men uchun emas. Men ‘Roma’ bilan bog‘langanman”.

    Iyun oyining boshida Totti “Roma” direktori Daniele Pradega qo‘ng‘iroq qilib: “Yangi shartnoma yuzasidan uchrashishimiz kerak. Hech qanday ‘Real’ bo‘lishi mumkin emas. Mening joyim shu yerda”, — dedi.

    2016-yilda Totti “Real”ga qarshi o‘ynash uchun “Santyago Bernabeu”ga tashrif buyurdi. U o‘zi bilan 30 ta futbolkani sovg‘a sifatida olib kelgandi. Birinchisi Florentino Peresga nasib etdi. Madridliklar prezidenti: “Menga rad javobini bergan yagona futbolchisan”, — degandi.

    2006-yilgi Jahon Chempionati finalidan oldin italiyaliklar qarta va FIFA o‘ynardi

    Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundial oldidan Totti jiddiy jarohat olgandi. Shunday bo‘lsa ham u yetti o‘yindan oltitasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba golini urdi va undan tashqari to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

    Fransiyaga qarshi final oldidan tun qanday o‘tganini Franchesko Totti hikoya qiladi:

    “Tungi soat 23:00 da xonaga kirdik va chiroqlarni o‘chirdik. Bir necha daqiqadan so‘ng yo‘lakda qadam tovushlari eshitildi. Eshik ochildi va Gattuzo kirib keldi.

    — Uxlayapsanmi?

    — Yo‘q, uyqim kelmayapti.

    — Qarta o‘ynaymizmi?

    Yarim soat o‘ynaymiz va keyin uxlaymiz, deb o‘zimizga va’da berdik. Sal o‘tib, Perotti bizga qo‘shildi va o‘yin cho‘zildi. Materatssining xonasida shovqin boshlandi, uni tekshirib ko‘rishga qaror qildik.

    Marko de Rossi, Oddo, Pirlo, Barone va Yakvinta FIFA o‘ynayotgandi. Faqatgina del Pyero uxlayotgandi. U bizga bunaqa finallarda ko‘p ishtirok etgani, shuning uchun xotirjamligini aytgandi.

    Buffon “Uimbldon” tomosha qilib o‘tirgandi, Ameliya esa falsafa haqida kitob o‘qiyotgan edi. Tonggi soat 06:00 da uxladik va 08:30 da nonushtaga uyg‘ondik. Nonushta vaqtida hamma jim edi, chunki barchaning uyqusi kelayotgandi. Mashg‘ulotlar vaqtida o‘zimizga keldik”.

    Tottining so‘nggi o‘yini kuni qizi vafot etishiga bir baxya qolgandi

    Franchesko rafiqasi va farzandlari Kristian hamda Shanel tungi 03:30 larda uyga qaytdi. Ular Tottining futboldan ketgani munosabati bilan bazm uyushtirgandi. Kichik farzandi Izabel esa uyda enaga bilan qolgandi. Totti oilasi bilan uyga kirib kelgan vaqtda Izabelning tobi qochib qoldi. U nafas ololmasdi.

    Rafiqasi qizini olib, shifoxonaga yo‘l oldi. Franchesko esa uyda bolalar bilan qoldi. “O‘sha lahzada men barchasini unutdim: futbolni ham, faoliyatimni ham, xayrlashuvni ham. Faqatgina qizim tuzalib ketishini so‘rardim”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shifokorlar laringaspazm — halqum mushaklarining to‘satdan qisqarishi  tashxisini qo‘ydi. Sababi esa qizaloqning maysaga allergiyasi borligi edi. Izabel juda ko‘p vaqtini “Olimpiko” stadionida otasi bilan birga o‘tkazgandi. Antibiotiklar yordamida qizaloq qutqarib qolindi.

    “Menimcha, hayot menga vaqtni yaxshi o‘tkazding, barchasining oxiri bor, bayram tugadi, qabilida ogohlantirish berdi, shekilli”, — degandi Totti.

    Ertalab rafiqasi va qizi uyga qaytdi.

    27.09.2021, 23:48   Izoh (0)   53920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ikkita markaziy jangi bekor bo‘lgan UFC 267, o‘q otish federatsiyasiga rais etib saylangan Milliy gvardiya qo‘mondoni va 11 oy deganda maydonga qaytgan Fati. Eng s...

    27.09.2021, 22:01

    Superliga. “Nasaf” “Bunyodkor”ga javobsiz 5 ta gol urdi, “Lokomotiv” so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib g‘alabani ilib ketdi

    27.09.2021, 21:24

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyida Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    27.09.2021, 13:07

    Zidan, Konte, Valverde va boshqalar. Ishsiz yurgan yetuk murabbiylar

    27.09.2021, 10:02

    A Seriya. “Roma” Rim derbisida yutqazib qo‘ydi, Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. “Yuventus” 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi

    26.09.2021, 23:09

    APL. “Arsenal” 4 ta gol urilgan London derbisida “Tottenhem”ga imkon qoldirmadi

    26.09.2021, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44

    “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi — TNT Sports

    Sport | 22 iyun, 20:20

    AQSH Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorlanmoqda — NBC

    Dunyo | 22 iyun, 20:02

    Qozog‘istonda samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

    Qozog‘iston | 22 iyun, 19:48

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.