“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbol tarixidagi eng yaxshi 6 nafar futbolchi kimligini aytib o‘tdi.
“To‘g‘risini aytsam, hech qachon Pele bo‘lolmayman. Uning maydonda qanday to‘p surganini ko‘rmaganman, lekin uni buyuk deb ataydigan insonlar bilan gaplashganman.
U qilgan ishlar faqatgina 3 ta jahon chempionati kubogi va gollar bilan cheklanib qolmaydi. Uning futbolda bo‘lishi ushbu sport turi uchun yangilik bo‘lgan. U o‘ynab yurgan vaqtlarda men hali tug‘ilmagandim. Bu xuddi hamon e’tirof etiladigan klassik film kabi.
Pele, Maradona, Kroyff, Messi, Bekkenbauer, Ronaldu — bu futbolchilar abadiy. Ular uzoq yillar davomida juda katta ko‘lamli ishlarni bajargan. Bu kabi futbolchilar futbolni yaxshi tomonga o‘zgartira olgan”, — deydi Gvardiola.
Izoh (0)