Toshkent shahar Yashnobod tumanining ayrim hududlarida suv taʼminoti vaqtinchalik to‘xtaydi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida katta hajmli ichimlik suv tarmog‘ida taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 25-dekabr kuni soat 09:00 dan 26-dekabr 09:00 gacha Yashnobod tumanida suv taʼminoti vaqtinchalik to‘xtaydi.
Suv taʼminotidan uziladigan manzillar:
- 22 ta bolalar bog‘chasi;
- 19 ta maktab tashkilotlari;
- 6 ta oilaviy poliklinika;
- “Ergashev” nomli shifoxona;
- 102 ta ko‘p qavatli uylar;
- 2560 ta yerli xonadonlar;
- suv ko‘tarish inshooti;
- 60 ta davlat tashkiloti;
- 6 ta masjid;
- 2 ta bozor;
- Qozonxona TS-7;
- 21-Yong‘in xavfsizlik bo‘limi;
- 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari.
Hokimlik aholida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, 16-dekabr kuni Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Izoh (0)