Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sag‘bon ko‘chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy taʼmirlash ishlari olib borish va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati yuzaga kelgan. Shu tufayli, bugun, 18-dekabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Olmazor tumani — Qoraqamish 2/1, 2/4, 2/5 dahalari, Yolqin ko‘chasi.
Issiq suv va issiqlik taʼminoti avariyaviy taʼmirlash ishlari tugallanishi bilan (taxminan bugun soat 20:00 gacha) tiklanadi.
Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv hamda issiqlik taʼminotini tezda tiklash uchun o‘z tomonidan barcha zarur choralarni ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 16-dekabr kuni Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Izoh (0)