Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyatining Chust tumanida maktab o‘quvchilari o‘qituvchi tomonidan kaltaklanmoqda” mazmunidagi video tarqaldi.
“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, voqea maktabda emas, Chust tumani, “Guliston” mahallasi hududida joylashgan 2-son kasb hunar-maktabida ro‘y bergan.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2023-12-16_23-35-21.jpg?_t=1702752300)
Foto: Videodan kadr
Joriy yil 15-dekabr kuni kunduzi mazkur maktab direktor o‘rinbosari 2006-yilda tug‘ilgan ikki nafar va 2007-yilda tug‘ilgan ikki nafar, jami 4 nafar o‘quvchini kaltaklagan.
Bunga ularning dars vaqtida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmay ketib qolganligi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
![](https://daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2023-12-16_23-34-07.jpg?_t=1702752409)
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyat IIB axborot xizmatining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Izoh (0)