• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Zo‘ravonlar maktab tizimiga adashib ham kirib qolmasligi kerak” — Jamoatchilik Uzun tumanida ayol o‘qituvchilar kaltaklangani haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi maktabda ayol o‘qituvchilar kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi. Voqea jamoatchilikni junbishga keltirdi. “Daryo” ayrim faollarning voqeaga nisbatan bildirgan munosabatini to‘pladi.

    Bosh prokuratura holat yuzasidan axborot berib, tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

    “Aniqlanishicha, 2023-yil 14-aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli o‘rta taʼlim maktabining direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan 18-aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan”, – deyiladi xabarda.

    “Bu uyatli holat”

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova voqeaga tezkor munosabat birdirdi.

    “Bunday holatni ko‘rib, juda dahshatga tushdim. Ziyolilar, ustozlar orasida bir-biriga qo‘l ko‘tarishlar bo‘layotgani achinarli hol. Hozirda erkak ustoz huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan va jazosiz qolmaydi. Ikki nafar ayollarimiz esa shifoxonada. Hurmatli pedagoglar, bunday holatga tushishimiz achinarli hamda uyatli”, – degan vazir.

    Deputat Alisher Qodirovning yozishicha, bunday zo‘ravonlar maktab tizimiga adashib ham kirib qolmasligi kerak.

    Alisher Qodirov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Pedagogika - tomchilatib toshni teshish kerak bo‘lgan kasb. Afsus, sohada tasodiflarning ko‘p ekanligini, baqiroq faylasuf bilan videodagi mushtumzo‘r yana bir bor isbotlab berishdi. Bu zo‘ravon ayollarga shunday munosabatda bo‘lsa, bolalarga munosabatini tasavvur qilish qiyin emas. Jazoni sud o‘ylaydi, odam haqli ravishda jamoatchilik qahriga uchradi, lekin… pedagoglikka o‘qish, maktab va bog‘chada ishlash uchun, qanchalar og‘ir bo‘lmasin, o‘n marta o‘rganib keyin ruxsat beradigan tizim bo‘lishi zarur. Bu sohaga zo‘ravon va sabrsizlar adashib ham kirib qolmasligi kerak”, – deya fikr bildirgan u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

    “Ayolga bunday munosabat jamiyatimiz yuzi”

    Huquqshunos, bloger Bahodir Ahmedov Telegram dagi kanalida erkak tomonidan ayollarga tan jarohati yetkazilgan bo‘lsa, qanday jazolar qo‘llanilishi to‘g‘risida post qoldirdi.

    “Ayol kishiga bunaqa munosabat jamiyatimizning yuzi. Agar bu ayollarga jismonan shikast yetkazilgan bo‘lsa, ayrim qilmishlar belgilarini ko‘rsatmoqda. Bu yerda qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105) yoki qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JK 109) kabi jinoyatlar bo‘lishi mumkin. Jinoyat kodeksidagi yana bir modda ham mavjud. Bu bezorilikdir (JK 277): Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, BHMning 50 baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari. Agar badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilib yoki yosh bola, qariya, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab sodir etilsa, jazo yanada baland bo‘ladi. Ushbu masalalar mening taxminim xolos. Asl voqelikni huquqni muhofaza organlar o‘rganib chiqishadi va so‘nggi so‘zni esa sud aytadi”, – deb yozgan u.

    “Ayollarni shunday zolimlardan himoyalay olmayapmiz”

    Aksariyat faollar ayol o‘qituvchini kaltaklayotgan kishi yonida yana bir erkak turgani, u nima uchun janjalni to‘xtatishga urinmaganiga eʼtibor qaratgan. Xususan, bloger Olimjon Haydarov ayollarni urgan erkak o‘qituvchi ekaniga ishonmasligi, qolgan erkaklar qonunbuzarni nega ushlab qolmaganiga hayronligini yozgan.

    “Jamiyatimiz qo‘rqoq bo‘lib bormoqda. Ojiza ayollarni mana shunday zolimlardan himoya qila olmayapmiz. Bunga qaysidir maʼnoda hukumat ham aybdor. Qonunlar jamiyatni birdam emas, tarqoq holda ushlab turishga moslangandek go‘yo. Faraz qiling, shu joyda kimdir ayolni tarafini olsa, guruh bo‘lib urishgan deb 15 sutkaga ketadi. Erkaklar shunchalik qo‘rqoq bo‘lib qoldikmi? 15 sutkalik qamoqdan qo‘rqib, orimizni ham himoya qilolmay qoldikmi? 15 sutkalik qamoqdan qo‘rqib, oriyatimizni himoya qila olmasak, unda erkakman degani uyalmaymizmi? Orini himoya qilolmagan erkak hech nimani himoya qilolmaydi. Ayollar, ojizalar bizga omonat. Omonatlarni Egasiga javob beradigan kunda qo‘rqoqligimiz jazosi 15 sutkadan og‘irroq bo‘lishi tabiiy. Agar shunday holat bo‘lsa, bir necha erkak bir vaqtda bunday qonunbuzarni ushlab, IIB chaqirib, berib yuborishi kerak, eng kamida”, – deya fikr bildirgan u.

    Jurnalist Aziza Qurbonova ham qolganlar nega janjalni to‘xtatmaganidan hayronligini bildirgan.

    Aziza Qurbonova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Atrof to‘la odam—ayollar mayli, shu oq ko‘ylak kiygan “erkak” nomli zot ham qora iflosga qarshilik ko‘rsatmaydi. Videoning 52 -soniyasida qora iflos xonaga qaytib kelib, yana boshqa ayolni uradi. 56 - soniyada qora iflos yana birinchi urgan ayolni uradi. 1.40 va 2-daqiqada iflos yana va yana ayolni uradi. 15 soniya aralash kaltaklanadi. Ikki kaltak yegan ayol bir-biriga suyangancha bukchayib yerga o‘tirib qoladi. Ehtimol, qora iflos kameraga yozilganini eshitgani uchun jim bo‘lib qolib, xonadan chiqadi. Meni qiynab yuborgan savol: nega qolganlar harakatsiz, nega qolganlar bu iflosni yoqasidan tutmadi?! Kamera borligini bilgani uchun oq ko‘ylak va boshqalar jim o‘tiribdimi? O‘ldirib qo‘yganda-chi? O‘shandayam kamera yoki shu iflos tirandan qo‘rqib o‘tirgani uchun o‘zini kechiradimi shu loqaydlar”, deya fikr bildirgan bloger.

    “Zulm – oqibati uzoq davom etadigan yemiruvchi jarayon”

    Bloger Shahnoza Soatova voqeani tahlil qilar ekan, ayol jamoat ichida qarindosh bo‘lmagan, jismonan kuchliroq odam tomonidan kaltaklansa, nimalarni his qilishi haqida post qoldirgan.

    • Birinchi, shok bo‘ladi. Kutilmaganda bo‘ldi-da, axir, urgan otang, akang, ering... bo‘lmasa (ular o‘zi nimaga urishi kerak?), seni doim urib yurgan odam bo‘lmasa, kelib to‘satdan “tushirib” qolishini o‘ylamaysan ham.
    • Ikkinchi, jismoniy og‘riq sezasan, lekin u kuchli bo‘lmaydi. Yaʼni hali bu og‘riqni to‘liq his qilish bo‘lmaydi, shunchaki signal, lekin sen uni orqaga tashlaysan, hozir bu muhimmas.
    • Uchinchi, alam bo‘ladi. Hech nima qilolmasliging, shu paytda seni hech kim himoya qilolmasligi, mana shu zo‘ravon bilan yakkama-yakka qolganing va endi bu faqat sening muammoing ekanligini anglash. Bu rosa yomon tuyg‘u.
    Shahnoza Soatova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    • To‘rtinchi, isyon keladi. Kuching yetish-yetmasligini o‘ylamaysan, shunchaki, bu holatga ko‘na olmaysan, nimadir qilging keladi. Qo‘lingdan kelganicha qarshilik qilasan. Shunda keyingi mushtlar ham tushishi mumkin. Lekin og‘riq alami birinchi musht, turtki, shapaloqnikidek bo‘lmaydi.
    • Beshinchi, aql uyg‘onadi, tushunasanki, bari befoyda. Balki kimdir ko‘rib, kameraga yozilib, jamoatchilikka oshkor bo‘lgani uchun anavi zo‘ravonni vaqtincha (15 sutkaga) qamashar ham. Jamoatchilik bilmasa, shu ham yo‘q. Lekin endi sening singan g‘ururing, oring, insoniyliging tiklanmaydi. Buni tushunasan. Sinasan. Har safar musht yegan joying og‘riganida shu alamni tuyasan. Keyin jismoniy og‘riqlar bitib, unutilib ketganda ham, xotirangga bir chandiq tushadi – bot-bot esingga tushaveradi va alam qilaveradi.
    • Oltinchi, atrofdagilar xulosa qiladi, afsuski, bu juda zararli xulosa bo‘ladi. Zo‘ravonlar battar quturadi, mazlumlar battar sinadi. Jamiyat tanazzuli shunday davom etadi.

    Zulm – bu bir lahzali akt emas, bu aks-sadosi va oqibati uzoq davom etadigan yemiruvchi jarayondir. Oldini olish samaraliroq, oqibatlari bilan kurashish qimmat va qiyin. Surxondaryodagi maktabda kaltaklangan ayollar bilan hamdardman. Endi bu bilan siz, yaqinlaringiz bir umrga yashaysiz. Biz ham! Boshqa takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak bo‘lsa, barini qilish lozim.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir qonun kuchga kirdi. Hujjat asosida Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

    19.04.2023, 13:36   Izoh (0)   13440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 20-aprel kuni harorat 25 darajagacha ko‘tariladi

    19.04.2023, 13:20

    Samarqandda erkakni sharmanda qilmaslik uchun 50 ming dollar talab qilgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi

    19.04.2023, 12:59

    Maxsus matodan tikiladi, kompyuterda ranglanib, 60 metr balandlikka o‘rnatiladi — Qiziltepa obodonlashtirish boshqarmasi 71 mln so‘mlik bayroqlar haqida

    19.04.2023, 12:43

    O‘zbekistonda shakar mahsuloti mavjud va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q — Raqobat qo‘mitasi

    19.04.2023, 12:11

    Samarqandda qurilish mollari sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan 30 mln so‘mlik tenderda qarindosh aka-uka bir-biri bilan “raqobatlashdi”

    19.04.2023, 11:27

    O‘zbekistonda referendum uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

    19.04.2023, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.