Xorazm viloyatidagi bog‘chalardan birida bolalarni urib dars o‘tgan tarbiyachilar ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, videolavhada Urganch tumani 23-son maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘layotgan holati aks etgan. Ushbu vaziyatni o‘rganish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirilib o‘rganish ishlari olib borildi.
Ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan qo‘pol xato va kamchiliklari uchun Urganch tumani 23-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi va yordamchi tarbiyachisi R.M va A.M bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Izoh (0)