Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Nagpur tumanidagi Solar Industries quyosh batareyasi ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan portlashda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, portlash vaqtida binoda jami 12 nafar ishchi bo‘lgan. Portlash kompaniyaning quyma kuchaytirgich blokida ro‘y bergan.
Portlash sabablari hozircha noma’lum. Voqea joyiga tegishli xizmatlar xodimlari yetib kelgan bo‘lib, hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Noyabr oyi oxirida Hindiston g‘arbida 24 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Izoh (0)