Liviya qirg‘oqlari yaqinida ro‘y bergan kema halokatida kamida 61 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotining Liviya bo‘limi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
“Liviya qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchrashi oqibatida 61 nafar migrant, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
2022-yilning yozida Bagama orollari yaqinida muhojirlar o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.
Qutqaruvchilar sa’y-harakatlari tufayli 25 kishi qutqarilgan, ulardan uch nafari shifoxonaga yotqizilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qayiqda jami 60 ga yaqin odam bo‘lgan.
Izoh (0)