Yanvarda 60 yoshga to‘ladigan Nikolas Keyj kinodagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda.
“O‘zimni aytmoqchi bo‘lgan barcha narsalarni gapirib bo‘lgandek his qilyapman. Qo‘limdan kelgan hamma ishni qildim. Kino bilan yuqori notada xayrlashmoqchiman. Balki faoliyatim yakuniga qadar yana uch-to‘rtta filmda suratga tusharman”, — deya taʼkidladi amerikalik kino yulduz.
Biroq, u o‘zini teleseriallarda sinab ko‘rishga tayyorligini aytdi.
Maʼlumot uchun, aktyor faoliyati davomida “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Uning ishtirokidagi “O‘g‘irlangan”, “Alomat”, “G‘azab”, “Kreyser” filmlari dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan.
Izoh (0)