Tahlilchilar oktyabr oyida Qozog‘istonda eng ko‘p ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Finprom.kz” xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi ko‘pincha Pinterest va YouTube kabi platformalarni afzal ko‘rgan, ularning ulushi mos ravishda 28,1 va 20,64 foizni tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarni Facebook (18,1 foiz), Instagram (10,16 foiz) va Twitter (9,82 foiz) ijtimoiy tarmoqlari egallagan.
Shunday qilib, reytingda birinchi beshlik quyidagicha ko‘rinadi:
- Pinterest;
- YouTube;
- Facebook;
- Instagram;
- X (sobiq Twitter).
6-o‘rinda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i joylashgan, TikTok statistikada aks etmagan. Qayd etilishicha, deyarli yil davomida Pinterest, YouTube va Facebook kabi platformalar yetakchilik qilgan. Birgina 2023-yilning sentyabr oyida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar “VKontakte” (24,95 foiz) va Instagram (23,2 foiz) bo‘lgan.
Facebook dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq bo‘lib qolmoqda. 2023-yil oktyabr oyi oxirida uning ulushi 65,15 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarni Instagram (12,05 foiz), Twitter (8,75 foiz) va Pinterest (8,47 foiz) egalladi.
Izoh (0)