TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida qayd etilgan.
Endilikda xizmatlar uchun to‘lov 12 foiz QQSni o‘z ichiga oladi.
2021-yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. 2022-yilning fevral oyida O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklash taklif qilingandi.
2022-yilning 16-mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshlagan. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklangandi. 2022-yil 25-mart kuni Skype O‘zbekistonda erkin ochila boshlagan edi. U ham TikTok va Twitter kabi fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgandi.
Ayni paytda Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan.