Daryo

Apple va boshqa yirik kompaniyalar Twitter’da reklama berishni to‘xtatdi

Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoq Gitler kabi insonlar haqida ijobiy gaplar aytilgan postlarni bloklamaydi

1 daqiqa o‘qish15 998 ko‘rishlar0 izoh0

Warner Bros. Walt Disney, Lionsgate, Paramount va Sony Pictures kompaniyalari X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘iga reklama joylashtirishni to‘xtatdi. IBM ham shu kabi qaror qabul qilgan.

Axios’ning yozishicha, Apple ham reklama berishni to‘xtatgan. Bu kabi qaror reklamalarning natsistlar va antisemitistik postlar bilan birga chiqayotgani, shuningdek, ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskning yahudiylarga nisbatan so‘zlari bo‘yicha tergov fonida qabul qilindi.

Foto: Yahoo

The Wollywood Reporter nashrining yozishicha, Ilon Mask oldinroq Disney va Apple’ning platformaning eng yirik reklama beruvchisi deb atagan.

Media Matters for America notijoriy tashkiloti X tarmog‘idagi vaziyatga nisbatan o‘z tergovi natijalarini e’lon qilgan. Unda aytilishicha, servis Adolf Gitler haqida ijobiy gaplar aytilgan postlani bloklamaydi, uning iqtiboslari esa ilhomlantiruvchi so‘zlar sifatida joylanadi.

Bundan tashqari, shu kabi postlar bilan IBM, Apple, Oracle kabi yirik korporatsiyalarning reklamalari ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. IBM shundan so‘ng “mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan vaziyat tagiga yetmaguncha” reklama joylashtirmasligini ma’lum qildi.

Ilon Maskning o‘zi ham oldinroq aytgan gaplari uchun tanqidga uchragandi. U o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida yahudiylar jamiyati oq tanlilarga nisbatan nafratni qo‘zg‘atmoqda degan fikrga qo‘shilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar