Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “M.A.” MCHJ rahbari V.X. o‘ziga tegishli noturar joy binosida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yaroqsiz yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotgani fosh bo‘lgan.
7 740 kg chigit, 3 dona juvoz uskunasi, 3 dona elektr dvigatel va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)