“Daryo” nashriga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 27-noyabr kuni bir ayol elektr simidagi kuchlanish natijasida vafot etgani haqida xabar kelib tushdi.
Unda aytilishicha, yangi o‘tkazilgan elektr energiyasi simi uzilib ketgan. Uzilgan elektr sim bir ayolning ustiga tushgan. Natijada 27-noyabr kuni ayol shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Fahriddin Nuraliyev “Daryo”ga izoh berdi.
“Haqiqatan ham shunday hodisa bo‘lgan. Sim uzilib, uning ustiga kelib tushganmi yoki uzilib tushgan simga tegib ketganmi, hozircha nomaʼlum. U yerda haqiqatan ham kuchlanish yuz bergan”, — dedi Fahriddin Nuraliyev.
“Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.
Izoh (0)