O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan “schyotchik”larsiz yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Respublikaning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yerosti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketayotgan holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etildi.
Moratoriy joriy etilgan hududlar yerosti suvlari holatidan kelib chiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boshqa ochiq manbalarda eʼlon qilinadi.
Yerosti suvlari sathning o‘rtacha ko‘p yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerosti suvlaridan faqat ichimlik maqsadlarida foydalanish mumkin. Bunda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi.
Izoh (0)