Daryo

Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar e’lon qilindi

Yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun narxlar oshirilmoqda. Aholi uchun esa o‘zgarishsiz qoldirilmoqda

1 daqiqa o‘qish39 906 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi narxlar belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 8-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) 1 Gkal energiya uchun 664 465 so‘m etib belgilanishi ma’qullandi (amaldagi tarif 397 212 so‘m/Gkal).

Shuningdek:

  • aholi uchun 91 960 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 91 960 so‘m/Gkal);
  • yuridik shaxslar uchun 212 606 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 141 737 so‘m/Gkal);
  • budjet tashkilotlari uchun 801 963 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 502 067 so‘m/Gkal) etib belgilandi.

Hujjatda qayd etilishicha, bunga Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishda samarali va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida qaror qilindi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar