• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fahsh orasida o‘tgan bolalik, puflayverib yorilgan lablar va konsert arafasidagi o‘lim — “Jazz qiroli” Lui Armstrongning taqdiri

    Lui Armstrong — jazz olamidagi eng mashhur ismlardan biri. Aqlbovar qilmas darajada karyera qurgan musiqachi juda og‘ir o‘tgan bolalik xotiralarini yodga olishni yaxshi ko‘rardi. U ko‘rgan azob-uqubatlardan bu qadar muvaffaqiyatga erishish xuddi mo‘jizadek edi go‘yo. Ammo aynan shu ocharchilikda kechgan bolalik Armstrongni boshqalardan ko‘ra qattiqroq mehnat qilishga o‘rgatdi. Lablaridagi yoriqlar va ovoz paylarining bir necha bor uzilishi ijrochini bekorga “jazz qiroli” demasliklariga dalil edi.

    Lui Armstrong
    Foto: Getty Images

    Armstrong ko‘pincha 1900-yilning iyulida dunyoga kelganini ta’kidlab kelgan — yulduzning ko‘plab biografiyalarida ham aynan shu sana ko‘rsatilgan. 1980-yilga kelibgina, musiqachi 1901-yilning 4-avgustida dunyoga kelgani ma’lum bo‘ldi.

    Lui Yangi Orleandagi qashshoq oilada dunyoga keldi. Afrikalik qullarning nabirasi bo‘lgan bolaning hayoti fohishalik qonuniylashtirilgan, kambag‘allik va narkotiklar asosiy muammo bo‘lgan hududda o‘tdi. Ota-onasi oddiy ishchi edi. Otasi Uilyam Armstrong Lui bir yoshga to‘lmasidanoq boshqa ayol bilan yurib ketadi. Bo‘lajak artistning onasi esa keyinchalik Meri Mayann Albert kichik o‘g‘li va uning singlisi Beatris Armstrong Kollinzni buvisi Jozefina Armstrong hamda amakisi Is’hoq qo‘liga topshirib ketadi. Lui 5 yoshga to‘lganida onasining oldiga qaytadi va uning o‘gay otalari bir necha bor almashadi.

    Armstrong maktabga qatnay boshlaganidayoq ishlashga majbur bo‘ladi: bolakay gazeta sotadi, ko‘mir tashiydi, ko‘chalarda qo‘shiq kuylaydi, ammo topgan puli oilasiga yetmas, onasi esa fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lardi.

    Armstrongning hayotiga musiqa erta kirib keldi: u uyi yaqinidagi raqs zallariga tez-tez qatnab turar, “King” laqabli Jo Oliver va boshqa mashhur musiqachilar chiqish qiladigan ko‘plab zallarga ko‘mir tashirdi.

    Lui 11 yoshida maktabni tashlaydi va uch nafar do‘sti bilan shahar ko‘chalari bo‘ylab tomoshalar qo‘yishni boshlaydi. Armstrong ushbu davrdagi hayotini hech qachon yomon deb atamagan, bundan tashqari Lui Yangi Orleanda o‘tgan yillarini eslab ilhomlanib turgan, hayotdagi maqsadini yanada aniqroq anglay boshlagan.

    Luining yoshligi
    Foto: AP Photo

    O‘smirlik yoshiga yetgan Lui Rossiya imperiyasidan kelib, chiqindi biznesi bilan shug‘ullangan yahudiy migrantlar oilasida ishlay boshlaydi. Kornofski oilasi bolakay otasiz o‘sayotganini bilib, Luiga o‘z o‘g‘illaridek g‘amxo‘rlik qiladi. Aynan ular Luiga birinchi kornetni — misdan ishlangan kichik trubani (cholg‘u asbobi) sovg‘a qiladi.

    Musiqa

    Armstrong 13 yoshida Yangi yil bayrami arafasi o‘gay otasining pistoletida otishma uyushtirgani uchun Home For Colored Waifs axloq tuzatish maktabiga yuboriladi va u yerdagi orkestr bilan chiqish qilishni boshlaydi. Luining guruhi shahardagi ko‘plab kafe-barlarda konsertlar berib, ilk bor omma e’tiborini o‘ziga tortishga muvaffaq bo‘ladi.

    Bu yillar davomida Armstrong o‘ziga ustozlik qilgan Bank Jonson, Kid Ori va King Oliver kabi musiqachilarda ko‘p narsalarni o‘rgandi. Lui, shuningdek, daryolardagi kruizlarda ham chiqishlar qiladi — Armstrong Fate Marable guruhi bilan kemalardagi konsertlarini universitetdagi o‘qishga qiyoslaydi.

    1919-yilda Oliver o‘z o‘rnini Armstrongga tashlab, shahardan ko‘chib ketadi. 20 yoshli Lui esa o‘zini yakkaxon tarzda jazzda sinab ko‘rishga uringan ilk ijrochilardan biriga aylanadi. Lui sket — kuyga jo‘r bo‘lib aytiladigan qo‘shiq turidan foydalanishni boshlaydi. 3 yildan keyin Chikagoga ketgan Oliverga o‘zining Creole Jazz Band guruhi uchun ikkinchi kornetist kerak bo‘ladi va u Luini taklif qiladi. Guruh 1920-yillarda jazz olamining markazi bo‘lgan Chikagoda juda mashhur edi.

    Foto: Getty Images

    Tez orada kambag‘al Armstrong vannasi bor shaxsiy kvartirada yashovchi badavlat va mashhur insonga aylanadi. Ammo Lui “yulduzlik kasali”ga chalinmaydi — u qadrdon shahrida qolgan bolalikdagi do‘stlari bilan aloqalarini saqlab qoladi.

    Guruh tarkibida artist yakkaxon ijrodagi birinchi plastinkasini yozadi. 1924-yilda Armstrongning ikkinchi rafiqasi, pianinochi Lil Xardin turmush o‘rtog‘ini karyerasidagi keyingi bosqichga o‘tishga ko‘ndiradi. Oila Nyu Yorkka ko‘chib o‘tadi va Lui Fletcher Xenderson orkestri bilan birgalikda chiqish qila boshlaydi. Jazz muxlislari yosh artistning ovozini eshitish uchun kelardi — Armstrong bu yerda haqiqiy mashhurlik nimaligini xis qiladi.

    Chikagoga qaytgan Lui Hot Five hamda Hot Seven kabi guruhlar bilan Muggles va West End Blues qo‘shiqlarini yozadi. 1926-yilga kelib kornetist Kerroll Dikkerson orkestrida yakkaxon ijrochiga aylanadi, keyin esa birmuncha vaqt o‘zining Louis Armstrong And His Stompers guruhini boshqaradi.

    Artist ko‘p o‘tmay barcha a’zolari qora tanli bo‘lgan Hot Chocolate myuziklida ishlash uchun yana Nyu- Yorkka qaytadi. Keyingi bir necha yil davomida Lui ko‘plab gastrollarni amalga oshiradi, taniqli big-bendlar bilan ishlaydi, filmlarda suratga tushadi, radiolarda chiqish qiladi. Urush boshlangunga qadar Armstrong Yevropa va Shimoliy Afrika bo‘ylab turlar o‘tkazib, butun dunyoda mashhurlikka erishadi.

    Keyinchalik Lui labini bir necha bor operatsiya qilishga majbur bo‘ladi, mundshtuk bosimi tufayli lab va ovoz paylari yirtilib ketardi: musiqachi o‘zini ajratib turuvchi xirillashdan (buni keyinroq tushunib yetadi) qutulishni istab qoladi.

    Foto: Wikipedia

    1940-yilga kelib jamiyatning didi o‘zgaradi, raqs tushishga mo‘ljallangan zallar yopila boshlaydi, big-bendlarda katta raqobat yuzaga keladi. 16 kishidan iborat gastrol guruhini endilikda moliyalashtirib bo‘lmasdi. 1947-yil mayida Lui Nyu-Yorkda kichik guruh bilan jazz konsertini muvaffaqiyatli o‘tkazgach, Armstrongdan tashqari Erl Xayns va boshqa taniqli musiqachilarni birlashtirgan jazz orkestr tuzishga qaror qilinadi.

    Bu vaqtga kelib Armstrong qator plastinkalarni yozgan va 30 dan ortiq Gollivud filmlarida suratga tushib bo‘lgandi, 1949-yil fevralida Time jurnali muvoqasidan o‘rin olgan birinchi jazz ijrochisiga aylanadi.

    1950-yilda esa Lui Armstrong jazz musiqasining timsoliga aylandi — uning muxlislari millionlar bilan o‘lchanardi. Amerika hukumati musiqachining obro‘sidan xalqaro darajadagi aloqalarni o‘rnatishda foydalana boshlaydi.

    1958-yilda musiqachi amerikalik qullarning madhiyasi hisoblangan Go Down Moses’ni yozadi va hozirga qadar uning mazkur qo‘shiq ijrosi eng yaxshi hisoblanadi. Yurak xuruji sabab ikki yillik tanaffusdan keyin 1964-yilda Armstrong qo‘shiqchi Kerol Chenningning Hello, Dolly qo‘shig‘ini kuyladi. Luining versiyasi Hot-100 chartida 22 haftda davomida birinchilikni hech kimga bermaydi — o‘sha yili bunaqa natija boshqa qo‘shiqlarda kuzatilmagan. 62 yoshli Lui qo‘shiqlari yetakchi o‘rinni egallagan eng keksa ijrochiga aylandi. Shuningdek, Armstrong ketma-ket 14 hafta birinchilikni egallab kelgan “Bitlz” guruhini shohsupadan tushirib yuborgandi.

    1960-yillarda artist Yevropa, Afrika va Osiyo bo‘ylab omadli gastrollarini amalga oshiradi, oradan besh yil o‘tgach Sharqiy blok mamlakatlariga tashrif buyuradi. Musiqachi norasmiy “Jazz elchisi” laqabini oladi va Deyv Brubekni The real Ambassadors (“Haqiqiy elchilar”) myuziklini yozishga ilhomlantiradi. 1967-yilda Lui o‘zining eng mashhur qo‘shiqlaridan biri — What A Wonderful World’ni kuylaydi.

    Armstrong o‘zining oxirgi albomini 1968-yilda taqdim etadi.

    Qiziqishlari

    Armstron beysbol o‘ynashni yaxshi ko‘rardi va u Yangi Orleanda Raggedy Nine nomli beysbol jamoasini tuzadi, keyinroq u Secret Nine Baseball’ga transformatsiya qilinadi. Musiqachi o‘zi bilan sodir bo‘ladigan narsalarni har kuni yozib borgan. Maktublari va kundaliklarida musiqani ifodalagani, jinsiy hayoti, yegan taomi, bolalik xotiralari, giyohvand moddalar ta’siri haqida ham o‘qish mumkin. Lui xayollar va sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirlashda nomaqbul hazillardan foydalangan. Bu qaydlar keyinchalik rejissor Sasha Jenkinsga “Lui Armstrong: hayot va jazz” biografik filmini yaratishda qo‘l keldi.

    Foto: Wikimedia Commons

    OAVlarda ko‘p yoritilganidek Armstrong mason bo‘lmagan. U Nyu-Yorkdagi Montgomeri №18 lojasi ro‘yxatida bo‘lsa-da, aslida bunday lojaning o‘zi mavjud emas. Lui o‘z avtobiografiyasida “Pifiya ritsarlari birodarligi” a’zosi bo‘lganini ko‘rsatgan, biroq bu masonlar tashkiloti hisoblanmaydi.

    Shaxsiy hayot

    Jazz musiqachisining shaxsiy hayoti juda rang-barang bo‘lib, uning barcha bosqichlari o‘ziga xos. Armstrong birinchi marta yoshligida uylanadi. 1918-yilda 16 yoshli Lui hayot yo‘lini Luizianada fohishalik bilan shug‘ullangan Deyzi Parker bilan bog‘laydi. Yosh er-xotin 3 yoshli Klarens ismli bolani asrlab oladi. Bolakay boshidan olgan jarohati sabab aqlan zaif edi. Armstrong va Parker 1923-yilda ajrashadi.

    1924-yil 4-fevralda Lui Lil Xardinga uylanib, u bilan 1931-yilga qadar birga yashaydi. Ajrimdan keyin 1938-yilda uzoq yillar oldin tanish bo‘lgan Alfa Smitga uylanadi. Uchinchi nikoh uch yil davom etadi. 1942-yil oktyabrda Lui “Kotton-klab” tungi klubida qo‘shiqchi bo‘lib ishlagan Lyusil Uilson bilan oila quradi va musiqachi umrining oxiriga qadar u bilan yashaydi.

    Foto: AP Photo

    Armstrongning farzandlari yo‘q, ammo 2012-yil dekabrda Sharon Preston-Folta Armstrong va “Kotton-klab”da raqqosa bo‘lgan Lyusil Prestonning farzandi ekani da’vosi bilan chiqadi. Ayolning so‘zlarini 1955-yilda yozilgan maktub tasdiqlaydi, unda Lui o‘z menejeri Jo Gleyzerga murojaat qilib, Preston va uning bolasi uchun har oy 400 dollar miqdorida pul ajratib turishni so‘ragan.

    2016-yilda Rossiyaning “Golos” musiqiy shouisda o‘zini buyuk musiqachining nabirasi deya tanishtirgan Charli Armstrong ismli ijrochi qo‘shiq kuylaydi. Ammo tez orada artistning Luiga hech qanday qarindoshligi yo‘qligi ma’lum bo‘ladi, ammo u ko‘plab tadbirlarda Armstrong qo‘shiqlarini ijro etib kelmoqda.

    Lui deyarli butun umri davomida giyohvand moddalar iste’mol qilib keldi, 1930-yilda esa narkotik saqlagani uchun 9 kun qamoqda ham o‘tirib chiqqan.

    Armstrong uy muzeyi
    Foto: Wikipedia

    O‘lim

    Shifokorining ogohlantirishiga qaramay Armstrong 1971-yilning martida Manxettendagi “Uoldrof-Astoriya” mehmonxonasining konsert zalida chiqishga qaror qiladi. Shou oxirida musiqachi yurak xuruji bilan shifoxonaga yetkaziladi. May oyida esa artist kasalxonada konsertlarni qayta tiklash shashti bilan chiqadi, ammo shu yilning 6-iyul kuni 69 yoshli Lui yurak yetishmochiligidan vafot etadi.

    U Nyu-Yorkdagi Flashing qabristoniga dafn etilgan. Artistning dafn marosimida Ella Fisjerald, Frenk Sinatra, Dizzi Gillespi, Ed Sallivan, Alan King kabi ko‘plab mashhurlar ishtirok etadi.

    15.11.2023, 08:54   Izoh (0)   33433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    27.09.2023, 14:00

    Premyeradagi janjallar, qarindoshi bilan nikoh va Koko Shanel do‘stligi. “Buyuk rus migranti” — bastakor Igor Stravinskiyning taqdiri

    04.10.2023, 20:20

    “Yaponiyada ishlab chiqarilgan”. Sake tayyorlovchilar avlodidan chiqib, Sony orqali dunyoni egallagan Akio Morita taqdiri

    07.10.2023, 22:45

    O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi reytingida Afg‘onistondan ham past o‘rinni egalladi 

    15.11.2023, 08:20

    Qamoqdan chiqqan senator, qirol bilan bir kunda tug‘ilgan oq ayiqlar, sud qilinayotgan rassom — 14-noyabr suratlari

    14.11.2023, 22:55

    AQSHda xato bilan chop etilgan pochta markasi 2 million dollarga sotildi

    14.11.2023, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mbappe “Real”ning 30 yillik natijasini takrorladi

    Sport | 12 may, 11:47

    O‘zbekistonda nogironligi borlarni ishga qabul qilganlarga 1-iyundan subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:43

    Kongo DRdagi suv toshqinlarida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 may, 11:38

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:15

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi

    O‘zbekiston | 12 may, 10:59

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.