Italiya G‘azo sektori qirg‘oqlariga suzuvchi kasalxonani yuborib, quruqlikda davolash lagerini joylashtirishga tayyorlanmoqda.
Bu haqda Italiya Mudofaa vazirligi rahbari Guido Krosetto Rimda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
“Bugun biz urushdan jabrlangan hududlarga kasalxona uskunalari bilan jihozlangan Vulkan kemasini jo‘natyapmiz”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kema bortida 170 kishi uchun joy yetarli. Ular bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda ishlashga o‘rgatilgan 30 nafar Italiya harbiy dengiz kuchlari mutaxassisi G‘azo qirg‘oqlariga boradi. Yana 30 nafar harbiy xizmatchi samolyotda olib ketiladi.
Izoh (0)