Turkiyaning Hatay viloyatining Iskenderun tumanidagi metallurgiya zavodida yuz bergan portlashda 13 nafar ishchi jarohat oldi.
DHA agentligi xabar berishicha, ikki nafar insonning ahvoli og‘ir.

Qayd etilishicha, yaradorlardan 9 nafari Iskenderun davlat kasalxonasiga, 4 nafari Dorg‘yo‘l davlat kasalxonasiga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
2022-yilning oktyabr oyida Turkiya shimolidagi Bartin konida portlash sodir bo‘lib, 30 ga yaqin kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)