• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bu yer senga kaptarxona emas” — Dilshod Musabekov yordam berishni istamagan do‘sti va qoldirilishiga oz qolgan konserti haqida (video)

    “Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshod Musabekov “Daryo”ga bergan intervyusida yaqin do‘stining ishonchsizlik bildirgani, qoldirilgan konsert haqida eshitib, sog‘lig‘i yomonlashgani va qiyin vaziyatda ularni qo‘llagan insonlardan hamisha minnatdorligi haqida gapirdi.

    — Faoliyatimni xonandalik va sozandalikdan boshlaganman. U paytlari yosh ijodkorlarning ishlari kamdan kam hollarda televideniyeda namoyish etilardi. Professional studiyada qo‘shiq aytib, yaxshi klip suratga olib, “Paxtakor” televideniyesiga kelganman. U yerda partadosh do‘stim ishlardi. Diskni qo‘liga berib, “Bor mablag‘imni sarflab klip oldim, iltimos, shuni chiqarishimga yordam ber”, deganman. “Bu yer senga kaptarxona emas, duch kelgan odam chiqavermaydi”, degan. Mana shu gap haligacha esimdan chiqmaydi.
    Baʼzi xonandalar davlat va xususiy kanallarini ajratishadi. Yaʼni davlat kanallariga chaqirishsa, mensimay turishadi. Men esa bir necha yil oldin o‘sha yerdan boshimni egib chiqib ketganimni hech qachon esimdan chiqarmayman. Chaqirishsa, xursand bo‘lib boraman, telekanallarni bir-biridan ajratmayman, — deydi Dilshod Musabekov.

    “Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshod Musabekov katta qiyinchiliklar bilan konsert bergani, tanilish oson kechmagani haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — Jamoa tashkil etilganidan keyin Andijon viloyati Baliqchi tumaniga borganmiz. O‘n uch kun sovuq uyda yashaganimiz hech qachon yodimizdan chiqmaydi. Gaz yo‘qligi uchun tomdan taxtaning payraxalarini olib tushib, bochkaga solib yoqqanmiz. Uy juda tez isib, ammo ko‘p o‘tmay sovib qolardi. Ertalabgacha muzlab qolardik. U paytlarda konsert qo‘yish tartibini yaxshi bilmasdik. Kollejlarga borib, o‘zimizni tanishtirardik va konsert qo‘yish niyatimiz borligini aytardik. Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun bir nechta tashkilotlardan ruhsat olish kerakligini bilmagan ekanmiz. “Abdurahmon, hamma o‘zining ishidan kechib, sanʼatni tanladi. Endi har doim shunaqa yuramizmi?” deb yig‘laganman. Bu gaplarimni eshitib, u ko‘ziga yosh olgan.

    Keyin eng katta zarbani “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida beriladigan konsertga uch kun qolganida olganmiz. Bir tashkilot konsertni o‘tkazib beramiz, degan. Tayyorgarlik ko‘rib, chiptalarni sotib, uch kundan keyin konsert, deb turgan paytimizda oldiga borsak, “Qanaqa konsert? Senlarning konsertingga kim tushadi?” degan. “Endi nima bo‘ladi?” deb Chilonzorda yo‘l chetida Qobil bilan “valerianka” ichib o‘tirganmiz. Shu payt “Dizayn” jamoasining asoschilaridan biri bo‘lgan Shahboz ismli yigit qo‘ng‘iroq qilib qoldi. Vaziyatni bilganidan keyin, “Turing o‘rningizdan, boshingizni ko‘taring. Bu nima o‘tirish?” deb uy manzilini bergan va o‘sha yerga borib, boshqa konsert tashkilotchisi bilan gaplashib ko‘rishimizni aytgan. Borsak, “Surxon” guruhi aʼzosi Ilhom aka kutib olgan. U kishi konsertlarni ham o‘tkazadigan tashkilotchi ekan. Yaxshi kutib olib, dardimizni eshitdi. “Sizlarni yoshlar tanisa kerak, men-ku konsert berishdan qochmayman, ammo...” deb turganida ikkita qizchasi kelib, bizdan dastxat so‘ragan. “Bu akalaringni taniysizlarmi?” deb so‘raganida, ha, bular “Dizayn”da chiqishadi,— deb javob berishgan. Shundan keyin Ilhom aka bir kun katta saroyda konsert o‘tkazib berishga rozi bo‘lgan. Evaziga “Surxon” guruhining ikki kunlik konsertida boshlovchi bo‘lish vazifasini yuklagan, — deydi Dilshod Musabekov.

    Videoni to‘liq holda YouTube’dagi kanalimiz orqali tomosha qiling.

    07.11.2023, 14:42   Izoh (0)   22970
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ukamning kontrakt pulini to‘lash uchun arava sudraganman”. Dilshod Musabekov faoliyati avvalidagi moddiy qiyinchiliklar haqida  

    03.07.2023, 14:30

    “Otamni qabrga qo‘yib, sahnaga chiqqanman”. San’at uchun biznesidan voz kechgan Dilshod Musabekov 48 yoshda (foto, video)

    14.07.2023, 19:02

    Dilshod Musabekov “Dizayn”ning konsert bannerida ko‘rinmayotgan aktyorlar va uni haqorat qilgan muxlisi haqida gapirdi (video)

    05.11.2023, 21:20

    “Ikki yil imtihondan yiqilganman” — aktrisa Yulduz Rajabova tarjimon bo‘lolmagani va rep aytish niyati borligi haqida gapirdi

    07.11.2023, 13:50

    Instagram: Ikkinchi marta ota bo‘lgan Imron, Italiyada ko‘ngilsizlikka uchragan Liil Xurramov, So‘g‘diyona Azimova umrada

    06.11.2023, 22:15

    “Shou-biznes prinsiplarimdan kechishimga arzimaydi” — Dilnoz Hakimova otasidan mehr topolmagani va prodyuserning nomaqbul taklifidan qo‘rqib ketgani haqida 

    06.11.2023, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi ta’tildan keyin bola tez-tez kasal bo‘lsa: farzandlar immunitetini oshirish sirlari

    Farzand | 15 avgust, 18:20

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Shveysariyada plastik chiqindilar muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

    Dunyo | 15 avgust, 18:05

    Transfermarket jarohat olgan futbolchilardan “ramziy terma jamoa” tuzdi

    Sport | 15 avgust, 18:00

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.