• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Otamni qabrga qo‘yib, sahnaga chiqqanman”. San’at uchun biznesidan voz kechgan Dilshod Musabekov 48 yoshda (foto, video)

    “Dizayn” jamoasi a’zosi, komik aktyor Dilshod Musabekov 1975-yilning 13-iyul kuni tavallud topgan. Ota-onasi uning san’atkor bo‘lishini orzu qilishgan. 

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    Asli mutaxassisligi sozandalik

    Asli mutaxassisligi bo‘yicha sozanda, bir necha yil davomida doira chalish sirlarini o‘rgangan. Qattiqqo‘l ustozlaridan dakki eshitgan kunlarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Otam rahmatli “Eti sizniki, suyagi bizniki” deb ustozlar qo‘liga topshirgan. U paytlarda yoshlarning tarbiyasi ham boshqacha bo‘lardi. Sozanda bo‘lsak ham, tartib-qoidaga jiddiy e’tibor berishardi. Yoqa kir bo‘lsa, darsga kiritishmasdi. Ustozning ko‘ziga tik qaray olmasdik. Chalib turgan musiqamizni “Qayta chal” desa, o‘zimizni yo‘qotib qo‘yardik, — deydi Dilshod Musabekov.

    Yetti yoshida olingan duo ijobati

    Dilshod Musabekov 7 yoshida “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilgan konsertda ishtirok etgani va ustoz san’atkor uni duo qilganini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — 7 yoshimda ansamblimiz bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilgan konsert dasturida ishtirok etishga kelganmiz. Qoradan kelgan, bo‘yi kichkinagina bola edim. Sochlarim qo‘ng‘iroq bo‘lgani uchun atrofdagilar erkalashardi. Navbatimiz kelishini kutib o‘tirsam, o‘z davrining mashhur askiyachisi Zaynobiddin aka yoniga chaqirgan. Tizzasiga o‘tkazib, bir nechta savollar bergan. Keyin “Sen ham katta bo‘lib shu saroyda konsertlar bergin, odamlarni kuldirgin”, deb duo qilgan. Bu gapga unchalik e’tibor bermagan ekanman. Harbiy xizmatdan qaytib QVZga qo‘shilgandan keyin bu duo haqida ko‘p o‘yladim. Zaynobiddin ustozning uylariga borib, o‘sha kunlarni eslab fotiha o‘qib qaytgandim, — deydi Dilshod Musabekov. 

    “Oliy ma’lumotli emasman”

    Qahramonimiz tabiatan sho‘x bo‘lgani, ammo sozanda ustozlarining oldida og‘ir -bosiq bo‘lib qolishi va institutdan haydalishining sabablari haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Bolaligimda juda sho‘x bo‘lganman. Ammo ustozlarimdan qo‘rqardim. Shuning uchun ustozlarimga begona inson “Shogirdingiz juda sho‘x-da”, deyishsa ishonishmasdi. Sho‘xligim sabab institutning 3-kursida o‘qishdan ham haydalganman. Oliy ma’lumotli bo‘lishimga bir yilgina vaqt qolgandi. Mayli, peshana ekan, hayotim san’at bilan bog‘lanib ketdi, — deydi DIlshod Musabekov.

    “Mardikorlik ham qilganman”

    Dilshod Musabekov yigitchilik damlaridagi moliyaviy qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Ukam shartnoma asosida o‘qishga kirganda ota-onamga yordam beraman, deb bozorda arava tortganman. Undan keyin material va mashina ballonlari sotiladigan do‘konlarda ham ishlaganman. Bir kuni Mansur ismli qo‘shnim bilan birga 150 so‘m pul evaziga mardikorlik ham qilganman. “O‘zgarish” mahallasiga borib, katta hovlining eskirgan ta’mirini shilib, qaytadan oqlaganmiz. Uy egasi 300 so‘m pul bergan, Mansur aka teng yarmini bergandi. U paytda mushtumzo‘rlar ko‘p edi, bittasi pulim borligini bilib, yarmini berasan deb turib olgan. Urishib, unga bir so‘m pulni ham bermay, uyga olib kelganman. Undan keyin mashina moyini almashtiradigan shoxobchada ham ishlaganman, — deydi Dilshod Musabekov.

    “1 500 so‘mdan chipta sotganmiz”

    “Dizayn” kulgi jamoasi tashkil etilishidan avval Dilshod Musabekov tijorat bilan shug‘ullanardi. Ammo u tushundiki, san’at va biznesni birdek yuritolmaydi. Shu bois u tayyor biznesidan voz kechishga qaror qilgan.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — “Quvnoqlar va zukkolar”da chempion bo‘lganimizdan keyin Qobil, Sa’dulla va Abdurahmon bilan o‘tirib, nima qilish haqida gaplashganmiz. Ular bir ovozdan “Dizayn”ni rivojlantiramiz, deyishgan. Ikkisiga ulgurolmasligimni bilib, tayyor biznesimdan voz kechishimga to‘g‘ri kelgan. Qobil mashinalarga narx qo‘yish, Sa’dulla stilistlik, Abdurahmon esa katta korxonada master bo‘lib ishlardi. Hammamiz ishimizdan voz kechib, “Dizayn”ni rivojlantirishga qaror qilganmiz. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, katta qiyinchiliklarga uchraganmiz. Pul yo‘q, “Dizayn” konsert bersin, deb qaysi davraga bormaylik, turli bahonalar bilan eshikni ko‘rsatib yuborishardi. Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi kollej va litsey talabalariga konsert beramiz deb borganmiz. Ayni sovuq kunlar edi. Biz turadigan uyda qipiq yoqilar ekan. 13 kun davomida o‘sha uyda turib, ertalabgacha muzlab, keyin ijodiy uchrashuvlarga borardik. Niyatimiz jamoani reklama qilish va 1 500 so‘mdan bo‘lsa ham, chiptalarni sotib, yo‘lkira pulini chiqarish edi. Men bor-yo‘g‘i 13 yil avvalgi voqealar haqida gapiryapman. Hech esimdan chiqmaydi, Sa’dulla bilan Qobil shaharga ketganda Abdurahmon bilan rosa yig‘laganmiz. “Nima qilib qo‘ydik, tayyor ishdan voz kechib, san’atni tanladikmi?”, deb afsuslangandik. 2018-yilga kelib “Dizayn” o‘z o‘rnini va muxlislarini topdi, — deydi Dilshod Musabekov.
     

    “20 yoshli singlim vafot etgan”

    Har bir insonning hayotidagi og‘ir damlar bo‘ladi. 1999-yil Musabekovlar oilasiga nihoyatda og‘ir keldi. Qahramonimiz bir kunda singlisi va endigina tug‘ilgan jiyanidan ayrildi.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Singlim bor-yo‘g‘i 20 yoshni qarshilagan edi. Yolg‘iz singlim bo‘lgani uchun unga mehrimiz bo‘lakcha edi. Afsuski, farzandli bo‘layotganida o‘zi ham, qizi ham olamdan o‘tdi. Ota-onam qattiq kuyunishdi, hatto otam xastalanib ham qoldi. Singlim xotirasi uchun to‘ng‘ich qizimga uning ismini qo‘ydim. Kenja qizimni esa jiyanimning ismi bilan atadik. Hozir Nodira va Nozima qizlarimga qarasam, singlimni ko‘rgandek bo‘laman, — deydi Dilshod Musabekov.

    “Obid Asomov qayta-qayta yozdirgan matn”

    Dilshod Musabekov Obid Asomovning nazariga tushishi va u bilan bog‘liq xotiralarini ham so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — “Sen aziz va muqaddassan ayol” konsert dasturida birga ishtirok etadigan bo‘ldik. Obid Asomov bizga mavzu berib, “Uylaringda ijod qilib kelinglar”, dedi. Menga berilgan topshiriqqa ko‘ra, matnni she’riy tarzda o‘qiydigan Gulhida Jo‘rayevaning yo‘nalishida hazil matn yozishim kerak edi. Uch marta qayta va qayta uringanman. Ammo Obid Asomovga matnning ma’qul kelishi oson kechmagan. Men ham taslim bo‘lmaganman. Natijada Dilnoza Kubayeva bilan bo‘lgan chiqishimiz barchaga ma’qul kelgan, — deydi Dilshod Musabekov.

    “Otam o‘lgach, konsertga chiqishga majbur bo‘lganman”

    “Dizayn” kulgi jamoasining a’zosi Dilshodbek Musabekov 2012-yil otasi vafot etgan kunning ertasiga konsert dasturida ishtirok etishiga to‘g‘ri kelgan. Afsuski, kasb mas’uliyati sabab u dardini ichga yutib, xalqni kuldirishga majbur bo‘lgan.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Otamni yo‘qotish juda og‘ir bo‘lgan. Ertasi kuni konsert bo‘lishi kerak, ammo ko‘nglimga qil ham sig‘maydigan holatda edim. Jamoadagi yigitlar kelib, istasangiz konsertni qoldiramiz. Hech qanday muammo bo‘lmaydi, xavotir olmang, deyishdi. Chunki ularning ham ahvoli u qadar yaxshi emasdi. Biz avvaldan oilaviy do‘st bo‘lganimiz uchun bir-birimizning quvonch-u g‘amimizga sherik edik. Shunda onam nima bo‘lgan taqdirda ham, sahnaga chiqishib kerakligini va belgilangan konsertni qoldirishga haqqim yo‘qligini tushuntirdi. Xo‘p, deb konsertda ishtirok etdim. Yig‘lab turib odamlarni kuldirish naqadar og‘ir ekanini o‘shanda bilganman”, — deydi Dilshodbek Musabekov.

    “Dizayn” ayrilishi mumkinmi?

    Kulgi jamoalarining ajralishi yoki qaysidir a’zoning yakka ijod qilishi yangilik bo‘lmay qoldi. Xo‘sh, “Dizayn” a’zolari ham ayro ijod qilishi mumkinmi? Bu savolga Dilshod Musabekov quyidagicha javob berdi. 

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Har bir insonning o‘z qarichi bo‘ladi. Men Dilshod Musabekov emas, “Dizayn” jamoasi a’zosi sifatida tanilganman. Shunday ekan, jamoa bilan ijod boshladimmi, uning yakuni ham shunday bo‘ladi. Bu bilan yakka ijod qilolmayman demoqchi emasman. Ijodimga befarq bo‘lmagan insonlar sahnada yakka chiqish qila olishimni yaxshi bilishadi, — deydi Dilshod Musabekov.

    Kulgi jamoalari orasida tarkib o‘zgarishi, sobiq ishtirokchilarning yakkaxon tarzda ijod qilishi odatiy holga aylanib qoldi. Faqatgina “Dizayn” jamoasida bunday yangilanish bo‘lgani yo‘q. Xo‘sh, agar jamoa a’zolaridan biri yakka ijod qilishni istasa, bu boshqalarga qanday ta’sir etadi?

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    — Avvaldan bizda bitta qoida bor. Agar jamoa a’zolaridan biri guruhni tark etsa, o‘sha kuni “Dizayn” jamoasining faoliyati to‘xtatiladi. Chunki bitta ishtirokchining jamoani tark etishi “Qandaydir nizoli vaziyat yuzaga kelgan”, degan shov-shuvli mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Xayrlashib, turli sabablarni tushuntirgandan ko‘ra faoliyatimizni to‘xtatganimiz yaxshiroq, — deydi “Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshod Musabekov.

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    Dilshod Musabekov uch farzandning otasi. Shu yilning yanvar oyida esa nabirali bo‘lganini ma’lum qildi.

    14.07.2023, 19:02   Izoh (0)   28392
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qizimga uy ishlarini qilgani uchun oylik to‘layman”. Rayhon Ulasenova farzand tarbiyasi borasidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi

    14.07.2023, 16:56

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan o‘zbek san’at vakillari (foto)

    14.07.2023, 11:36

    Gollivud aktyori Jeyson Momoa akulalar to‘dasi bilan birga suzdi (video)

    14.07.2023, 09:42

    Gollivud yulduzi Tom Kruz kosmosda film suratga olishga tayyorlanmoqda

    13.07.2023, 20:22

    Natali Portman, Jessika Chesteyn va boshqa Gollivud aktrisalari ilk rolini ijro etgan vaqtda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) 

    13.07.2023, 17:54

    Faqat qiz farzandlarni tarbiyalayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    13.07.2023, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.