• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron va “katta shayton”: AQSH prezidenti Karterga pand bergan Vashington va Homanaiyning maxfiy bitimi

    AQSHni “katta shayton” deya atagan Eron Islom Respublikasining bo‘lajak asoschisi Oyatulloh Homanaiy 1979-yil 27-yanvar kuni Vashingtonga maxfiy noma yuboradi. Bu vaqtda Eron tartibsizliklar domida edi. Namoychilar ko‘chalarda harbiylar bilan urushar, do‘konlar yopilgan, ijtimoiy xizmatlar esa ishlamasdi. Ish tashlashlar G‘arb manfaatlari uchun foydali bo‘lgan neft qazib chiqarishni darhol to‘xtatib qo‘ygandi.

    O‘sha vaqtda Parij yaqinida yashagan Eron shohining g‘azabiga duchor bo‘lgan inqilob yetakchisi AQSH prezidenti Jimmi Karter ma’muriyatiga bitim taklif etadi: “eronlik harbiy yetakchilar sizning aytganingizni qiladi, Eron xalqi esa mening ortimdan boradi”.

    Oyatulloh Homanaiy
    Foto: AP Photo

    Homanaiy amerikaliklar agarda prezident Karter o‘z ta’sir doirasini eronlik harbiylarga o‘tkaza olsa, uning o‘zi xalqni tinchitishga qurbi yetishini tushuntiradi. Barqarorlik qayta tiklanadi, Amerika manfaatlari va Eron fuqarolari himoyaga ega bo‘ladi.

    Eronlik Oyatulloh Ruhulloh Humayniy BBC ning AQSH va Homanaiy o‘rtasidagi maxfiy aloqalarni yolg‘on deb atagan. Uning ta’kidlashicha, AQSH hukumati tomonidan maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlar soxta.

    “Bortida 300 yo‘lovchi bo‘lgan fuqarolik samolyotini urib tushirgan Amerika hujjatlarni soxtalashtirish borasida o‘ylanib o‘tiradimi?”, — degan Homanaiy 1988-yilda AQSH harbiy kemasi Iran Air aviakompaniyasi laynerini urib tushirganini eslab.

    Pahlaviylar hukmronligining yakuni

    Mamlakatni boshqarib kelgan avtoritar yetakchi Muhammad Rizo Pahlaviy oxir-oqibat prezident Karterning bosimi ostida xorijga chiqib ketadi. Mamlakatni boshqarishga esa xalq orasida u qadar mashhur bo‘lmagan bosh vazir va harbiylarni qoldiradi. Bu vaqtda Eron armiyasi tarkibi 400 ming kishidan iborat bo‘lib, Amerika qurollanishi va AQSH maslahatchilariga butkul bog‘lanib qolgan edi.

    Homanaiy asabiy harbiylardan tashvishda edi: shohlarga mos qarashlarga ega ularning qo‘mondonligi kuchli inqilobchini yomon ko‘rardi. Harbiylarning Tehronga maxfiy missiya bilan yuborilgan AQSH Harbiy-havo kuchlari generali Robert Xayzer bilan har kunlik uchrashuvi esa bundanda xavotirli edi.

    Oyatulloh 15 yillik quvg‘indan keyin mamlakatga qaytishni va Pahlaviyning “ta’tili” tugamasligini xohlardi. Aynan shu boisdan u Vashingtonga shaxsan murojaat yo‘llaydi. O‘z maktubida u Oq uydan strategik sherikni yo‘qotib qo‘yishdan xavotirga tushmaslikni so‘raydi. Homanaiy Vashingtonni mamlakat Amerikaning do‘stligicha qolishiga ishontiradi.

    “Amerikaliklar bilan hech qanaqa alohida dushmanligimiz yo‘qligini ko‘rasiz”, — deya va’da beradi Homanaiy. U Amerika hukumatini Islom Respublikasi “butun insoniyat uchun tinchlik va xotirjamlikni ta’minlaydigan gumanistik davlat” bo‘lishiga ishontiradi.

    Homanaiyning maktubi — Bu AQSH hukumati tomonidan 2016-yilda oshkor qilingan hujjatlarining bir qismidir: diplomatik maktublar, yig‘ilishlar hisoboti va Vashingtonning Homanaiy bilan maxfiy hisoblangan aloqalari haqida so‘zlovchi siyosiy mavzular qaydnomasi. U Qo‘shma Shtatlarni qanday qilib o‘ziga ishontirgan holda Eronga qaytishga muvaffaq bo‘lgani hozirgacha noma’lum qolmoqda.

    Oyatullohning mazkur maktubi aslida Fransiyada administratsiya boshlig‘i va Oq uy vakillari o‘rtasida ikki hafta davom etgan muzokaralarning yakuni edi. Mutlaqo sir tutilgan ushbu muzokaralar Homanaiyning Eronga xavfsiz qaytishini va hukumat tepasiga chiqishini ta’minlab beradi. Natijada Eron va AQSH o‘rtasidagi keskin munosabatlar o‘nlab yillarga cho‘zildi.

    Eron tomonining rasmiy tarixiga ko‘ra, Homanaiy Qo‘shma Shtatlarga qarshi chiqqan va shoh Pahlaviyni hokimiyat tepasida ushlab qolishga uringan “katta shayton” ustidan g‘alabaga erishgan. Ammo Vashingtonda maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlar Homanaiy AQSH bilan ancha yaqin munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi.

    AQSH prezidenti Jimmi Karter
    Foto: Getty Images

    Prezident Jimmi Karter administratsiyasining sobiq vakillari hozirga qadar aniq chora-tadbirlar borasida ichkaridagi turli fikrlarga qaramay, Vashington shoh Pahlaviy va uning hukumatini qo‘llab-quvvatlaganini aytadi. Ammo hujjatlardan ko‘rinib turibdiki, AQSHning parda ortidagi siyosati bir tomonlama bo‘lmagan. Pahlaviy Tehrondan chiqib ketganidan ikki kun o‘tib, AQSH Homanaiy vakiliga Eron konstitutsiyasining o‘zgarishi va monarxiyaning bekor qilinishiga qarshi emasligini bildiradi.

    Amerikaliklar Homanaiyga muhim ma’lumotni yetkazadi: “Eronning harbiy yetakchilari mamlakatning siyosiy kelajagiga o‘zgaruvchan yondashadi”.

    Prezident Kennetiga maktub

    Homanaiy Vashington bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bir marotaba muloqotga kirishmagan. 1963-yilda oyatulloh shoh Pahlaviyning tanqidchisi sifatida endi-endi mashhurlikka erishayotgan edi. Shu yilning iyunida u o‘z nutqida Pahlaviy AQSH prezidenti Jon Kennedi administratsiyasi bosimi ostida ayollarga saylash huquqini bergani va “Oq inqilob”ni e’lon qilganini qoralaydi.

    O‘shanda Homanaiy hibsga olinadi. Mojaro uch kun davom etgan ko‘cha tartibsizliklarini yuzaga keltiradi va yakunda harbiylar tomonidan bostiriladi.

    MRB tomonidan maxfiylikdan chiqarilgan hujjatga ko‘ra esa Tehronda uy qamog‘ida bo‘lgan Homanaiy 1963-yil noyabrda Amerika administratsiyasiga prezident Kennedini qo‘llab-quvvatlagan so‘zlar bitilgan maktubga yo‘llagan.

    Homanaiy Fransiyada
    Foto: AP Photo

    Bu harbiylar noroziliklarni tashkillashtirishga ayblangan ikki kishini otib tashlaganidan bir necha kun o‘tib va Tehronga SSSR Oliy Kengashi prezidiumi raisi Leonid Brejnev tashrif buyurishi oldidan sodir bo‘lgandi. Ushbu tashrif Eronning Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashayotganini bildirgani bois Amerika administratsiyasini tashvishga solardi.

     “Homanaiy Amerikaning Erondagi manfaatlariga qarshi bo‘rmasligini tushundirdi”, — deyiladi MRBning 1980-yilgi hisobotida. Bundan tashqari, Amerikaning mintaqada bo‘lishi sovet va britanlarning ta’siriga qarshi turish uchun ham oyatullohga kerak edi.

    Homanaiyning yozgan maktubning to‘liq matni maxfiyligicha qolmoqda. Prezident Kennedi uni ko‘rishga ulgurmanmi yoki yo‘q, bu ham noma’lum, chunki oradan ikki hafta o‘tib u Texasda otib o‘ldiriladi.

    Prezident Kennedining o‘ldirilishi
    Foto: Wikimedia Commons

    Fuqarolik urushi yoqasida

    Oradan 15 yil o‘tgach Homanaiy Parijda edi. Bu vaqtga kelib u Eron monarxiyasini ag‘darishga tayyor harakat yetakchisiga aylangandi. Biroq boshlangan ishni yakunlash uchun Qo‘shma Shtatlarning yordami talab etilardi.

    1979-yil yanvarda ustunlik Homanaiyda bo‘lsada, u so‘nggi daqiqalarda AQSH aralashuvi sabab 1953-yilgi to‘ntarish takrorlanishi mumkinligidan qo‘rqadi, o‘sha vaqtda MRB Pahlaviyga hokimiyat tepasiga kelishi uchun yordam bergan edi.

    Yanvar oxiriga kelib vaziyat o‘ta keskinlashadi, mamlakatning yangi bosh vaziri Shapur Baxtiyor qo‘shinlar va tanklarni Homanaiyning Eronga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aeroportga yuboradi. Eron fuqarolik urushi yoqasiga kelib qolgandi. Imperiya gvardiyasining elita qismlari o‘z shohi uchun oxiriga qadar jang qilishga tayyor edi. Oyatullohning izdoshlari ham qurolli kurashdan qochib bo‘lmasligini bilardi.

     Oq uy Eronda yuzaga keladigan fuqarolik urushidan qattiq tashvishda edi. O‘rtaga u yer bo‘lib turgan minglab amerikalik harbiy maslahatchilar hayoti, shuningdek, zamonaviy qurollar, jumladan, F-14 qiruvchilari tikilgandi. Ushbu fonda AQSHni Pahlaviyning ag‘darilishi va Homanaiyning kelishi unchalik qiziqtirmasdi. Shunga qaramay, prezident Karter Homanaiy va harbiylar o‘rtasida bitim imzolash taklifi berilganini rad etgan.

    AQSH prezidenti Jimmi Karter Eron shohi Pahlaviy bilan inqilobdan oldin
    Foto: National Archives

    1978-yil 9-noyabr kuni AQSHning Erondagi elchisi Uilyam Sallivan shoh Pahlaviy ag‘darilayotgani haqida ogohlantiradi. Elchining ta’kidlashicha, Vashington Pahlaviy va harbiy qo‘mondonlikni Erondan olib chiqib ketishga yordam berishi kerak. Sallivanning taklifi Karter bilan munosabatlariga putur yetkazadi.

    Ammo yanvar boshlariga borib prezident shoh Pahlaviyni mamlakatda olib chiqish muxolifatni tinchlantirish uchun zarur degan xulosaga keladi. 3-yanvar kuni Eronda boshlanayotgan harbiy to‘ntarish fonida prezident Karter o‘zning yetakchi maslahatchilarini to‘playdi. Qisqa muhokamadan keyin ular Pahlaviyni Kaliforniyada dam olishga chaqirish bahonasida mamlakatni tark etishga ko‘ndiradi.

    Shu kuni Karter AQSH qo‘shinlarining Yevropadagi qo‘mondoni o‘rinbosari Robert Xayzerni Tehronga jo‘natadi. Xayzer Pahlaviyning generallariga tinch o‘tirishi lozimligi va bosh vazir Baxtiyorga qarshi harbiy to‘ntarish uyushtirmasliklarini aytishi kerak edi.

    Baxtiyor qiyin vaziyatga qoladi, chunki uni “shohning agenti” deb atashar va muxolifatda qo‘llab-quvvatovga ega emasdi. AQSH elchisi Sallivan Baxtiyorni jasurligi uchun maqtaydi, ammo ortidan Vashingotdan bu odam siyosiy o‘yinda “Don Kixot”ligini aytadi. Elchining fikricha, Baxtiyor Vashingtonning yo‘rig‘iga yuradigan emasdi.

    Karter va Sallivan
    Foto: National Archives

    Bu vaqtda Homanaiy Vashingtonga signal yuborishni davom etardi. “Neft borasida qo‘rquv bo‘lishi kerak emas. Uni Qo‘shma Shtatlarga sotmasligimiz haqidagi gaplar yolg‘on”, — degan edi Homanaiy 5-yanvar kuni Fransiyaga kelgan Oq uy vakiliga.

    Maxfiy uchrashuvlar

    15-yanvar tushda AQSHning Parijdagi elchixonasini siyosiy maslahatchisi Uorren Simmerman shahar chetida Homanaiy yashagan Nofl-le-Shato shaharchasiga keladi. “Stol oldida o‘tirgan insondan boshqa hech narsasi yo‘q katta xonaga kirdim. Bu Yazdi edi”, — deya eslaydi keyinchalik Simmermann. Gap Homanaiy administratsiyasi rahbari Ibrohim Yazdi haqida ketmoqda.

    Texasda yashagan Yazdi MRBning sobiq xodimi Richard Kottem orqali Vashingtondagi amaldorlar bilan aloqa o‘rnatgan edi. Homanaiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri munosabatlarning ovoza bo‘lishi nozik masala ekani barchaga ayon. Agarda bu barchaga ma’lum bo‘lsa, AQSH siyosatiga xiyonat hisoblanar va butun dunyo Vashington eski do‘sti shoh Pahlaviydan voz kechayotgani tushunib yetardi.

    Muhammad Rizo Pahlaviy
    Foto: Wikipedia

    17-yanvar kuni prezident Karter o‘z kundaligiga Homanaiyni Eronga kiritmaslik uchun harakat qilganini yozib qoldirgan. Ammo ertasi kuni Karter administratsiyasi Homanaiyga vataniga qaytishini tashkillashtirishga qarshi emasligini bildiradi.

    Karter administratsiyasi Homanaiy bilan maxfiy muzokaralarni boshlaydi. Ularning asosiy maqsadi oyatulloh va harbiylar o‘rtasidagi bitim edi. Amerikaliklar Homanaiyning asl maqsadini bilib olish uchun sal sekinroq harakat qila boshlaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham ular o‘zlari xohlagan natijaga erisha olmaydi.

    Homanaiy bitimni emas, mutlaq g‘alabani istardi. Ammo Vashington bilan taktik muzokaralar uning foydasiga xizmat qilar edi. Simmerman va Yazdi uchinchi marta uchrashganida ikkisi ham yaxshi yangiliklarni aytadi. Uchrashuv davomida Vashington Homanaiyni uning kutilmaganda Eronga qaytishi halokatga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi: eronlik harbiylar konstitutsiya himoyasi bo‘yicha chora ko‘rishi mumkin.

    Turli maqsadlar

    Homanaiy ham, Karter ham harbiylar hamda muxolifat o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvdan qochishga intilgandi. Karter Eron Qurolli Kuchlari yaxlitligini saqlab qolishni istar, Homanaiy bo‘lsa uni tugatishni xohlardi. Harbiylar uning rejimi uchun xavf tug‘dirardi.

    Vashington Homanaiyning bo‘lajak monarxiya va harbiylarning kayfiyati haqidagi savollarga javob berib bo‘lgan, gap esa endi oyatullohda qolgandi. Karter administratsiyasi AQSH manfaatlari inobatga olinish-olinmasligini bilishni istardi: Amerika investitsiyasi, neft eksporti, SSSR bilan harbiy va siyosiy sohalarda hamkorlik.

    Foto: Wikimedia Commons

    “Biz o‘z neftimizni adolatli narx taklif qilgan istalgan tomonga sotamiz”, — deya javob qaytaradi Homanaiy. Bu Karter qo‘rqqan Islom Respublikasining asl portreti edi.

    “C reja”

    Vashington bu vaqtda kelib Homanaiyning asosiy talabgarliga rozi bo‘lgan, harbiy qo‘mondonlikka hech qanday chora ko‘rmaslik topshirig‘ini berishga ulgurgandi. General Xayzer Eron qo‘mondonligiga Homanaiyning mamlakatga qaytishi harbiy to‘ntarishni anglatadigan “C rejani” amalga oshirish uchun yetarli sabab emasligini e’lon qiladi.

    29-yanvar kuni bosh vazir Baxtiyor mamlakat ichidagi kuchli siyosiy bosim ostida oyatulloh Homanaiy Tehronga uchib kelayotgan samolyot uchun havo yo‘lini ochib berishga majbur bo‘ladi. Baxtiyorda “B reja” bor edi: “Homanaiy mullalar ichida yo‘qolib ketishi lozim”.

    Homanaiy 1-fevral tongida Tehronga qo‘nadi, aeroportda uni kutib olish uchun minglab tarafdorlari chiqqandi. Bir necha kundan keyin u o‘z bosh vazirini e’lon qiladi. MRBning 1979-yil 5-fevraldagi hisobotida keltirilishicha, harbiylar hukumat almashishiga u “qonuniy va bosqichma-bosqich” amalga oshirilishi talabi bilan qarshilik ko‘rsatmagan. Mazkur hisobot 2016-yilda maxfiylikdan chiqarilgandi.

    Bu vaqtga kelib armiyaning birdamchiligiga jiddiy putur yetib bo‘lgandi. Ko‘plab kichik ofitser va askarlar Homanaiy tomoniga o‘tib oladi. Tez orada harbiy-havo qo‘shinlarida isyon boshlanadi. Muxolifat qurollanib, armiya bazalari va politsiya uchastkalariga hujum uyushtiradi.

    Homanaiyning Eronga qaytishi
    Foto: National Archives

    Harbiy qo‘mondonliklar keng ko‘lamli fuqarolik urushini boshlashga qat’iyat yetishmaydi. Ular Baxtiyorning ortida to‘planib, favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi va o‘zlarining betarafligini e’lon qiladi. Shohning bosh vaziri bo‘lsa o‘z jonini qutqaish maqsadida qochib ketadi.

    Harbiylarning barcha yonbosishlari Homanaiy uchun yetarli emasdi. 15-fevral kuni oliy qo‘mondonlikning to‘rt a’zosi sobiq o‘quv binosi tomida qatl etiladi. Bu ommaviy qirg‘inning boshlanishi edi. Prezident Karter Eron masalasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

    Foto: AP Photo

    Oradan bir yil o‘tmasdan Homanaiy AQSHning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili va o‘nlab amerikalik fuqarolarni asirda ushlab turgan holda “AQSH hech narsaga qodir emas”, deydi. U g‘alabasiga bir yil to‘lganida esa “Eron butun dunyoda Amerika imperializmiga qarshi kurashishi”ni e’lon qiladi.

    29.10.2023, 10:02   Izoh (0)   25990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Premyeradagi janjallar, qarindoshi bilan nikoh va Koko Shanel do‘stligi. “Buyuk rus migranti” — bastakor Igor Stravinskiyning taqdiri

    04.10.2023, 20:20

    “Mudofaa va armiya eng muhimi”. Kichik bir amaldorning o‘g‘li qanday qilib Isroilga asos solgani va uning mustaqilligi uchun kurashgani haqida

    12.10.2023, 20:20

    “Amerika orzusi”dagi shaharlar yaratuvchisi — Bill Levitt: qarz evaziga olingan yerlar, millionlab dollar foyda va davolanishga topilmagan pul

    19.10.2023, 21:10

    HAMAS Isroildan o‘g‘irlab ketilganlarni ozod qilish shartini aytdi 

    29.10.2023, 09:02

    Mask Twitter’ni tanishuvlar saytiga aylantirmoqchi — OAV

    29.10.2023, 07:15

    HAMAS tunellarida 3-4 oylik janglar uchun yoqilg‘i va suv zaxirasi bor — NYT

    29.10.2023, 06:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.