Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi xonadonda gaz taʼminoti filialiga qarashli 261 dona maishiy gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24-oktyabr kuni vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari bilan Samarqand viloyatida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Samarqand tumani, “Dashtisuxta” mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. xonadonida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filialiga qarashli bo‘lgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 261 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotgani aniqlangan.
Mazkur qoidabuzarlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izoh (0)