Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Erkin Kamolov 1987-yilda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, 2009-yilda Toshkent avtomobil yo‘llar institutini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar u Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Kuni kecha Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumani hokimi, Navoiy viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Umidjon Adizov Xatirchi tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Izoh (0)