Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari yoppasiga majburiy ravishda paxta terimiga olib chiqilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, maktab o‘quvchilari paxtaga jalb qilinmagan. Videodagi holat Jomboy tumanida sodir bo‘lgan. Videoda huquqni muhofaza qilish organi xodimi maktab o‘quvchilarga emas, aksincha, kunlik ishga chiqadigan fuqarolarni paxta terimiga chiqishga jalb qilgani tasvirlangan.
Izoh (0)