• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Londonda “O‘zbekistonlik” filmining yangi epizodi premyerasi bo‘lib o‘tdi

    18-oktyabr kuni Buyuk Britaniyani poytaxti London shahrida III xalqaro “O‘zbekistonlik” forumi o‘tkazildi. Unda “O‘zbekistonlik” filmining 4-epizodi premyerasi bo‘lib o‘tdi. 

    Forumda butun dunyodan kelgan 200 dan ziyod o‘zbekistonlik vatandoshlar, O‘zbekistondan tashrif buyurgan delegatlar, shuningdek, Buyuk Britaniyadagi nufuzli shaxslar, biznesmenlar, diplomatlar va jamoat arboblari ishtirok etdi. Tadbirni o‘z kirish nutqi bilan O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili Baxtiyor Xodjayev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil Reno-Basso ochib berdi. 

    “O‘zbekistonlik” forumlarining maqsadi – butun dunyo bo‘ylab yoyilgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida global netvorkingni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonni intellektual, iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati sifatida tarannum etish. Uzbekistan’s club ijodiy jamoasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro “O‘zbekistonlik” forumlari avvalroq Berlin (Germaniya) va Parij (Fransiya) shaharlarida muvaffaqiyat bilan bo‘lib o‘tgan edi. 

    Forumning asosiy voqealaridan biri ayni nomdagi “O‘zbekistonlik” filmning 4-epizodi premyerasi bo‘ldi. Yuz minglab tomoshabinlarning mehrini qozonib ulgurgan badiiy-hujjatli filmlar turkumi o‘z sohasida olamshumul natijalarga erishgan vatandoshlarimizning hikoyalarini so‘zlab berishda davom etmoqda. Yangi, bu safargi epizod qahramonlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusovlar bo‘ldi. Film YouTube tarmog‘i va MY5 telekanali orqali 19-oktyabr kuni premyera qilindi. 

    Har ikki qahramon oddiy oiladan chiqqan va tengdoshlariga nisbatan og‘ir bolalikni boshdan kechirgan. Biroq bu ularning o‘zlari orzu qilgan marralardan chekintira olmagani filmda ta’sirchan ochib berilgan. 

    24 yildan buyon Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida faoliyat ko‘rsatayotgan Kamola Mahmudova tarjimonlikdan qanday qilib bank sohasiga kelib qolgani, bu yo‘ldagi qiyinchiliklar va to‘siqlarni qanday yengib o‘tgani, tomoshabinga katta motivatsiya beradi.

    “Men qilolmaydigan hech qanday vazifa yo‘q, men barchasini uddalay olaman. Chegaralar esa faqat miyamizda xolos”, — deya ta’kidlaydi u. 

    Buxorolik Temur Yunusovning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishi va orzulari ota-onasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, u o‘z orzulari va maqsadlaridan voz kechmadi. 

    Har ikki qahramonni bog‘lab turadigan eng muhim jihat — ularning o‘zbekistonlik ekani va o‘z vataniga bo‘lgan muhabbati.

    “Men Londonda yashasam ham uning kelajagi haqida o‘ylamayman, uni o‘ylaydiganlar bor. Menga O‘zbekistonning kelajagi muhim. U yerda ota-onam, yaqinlarim yashaydi. Qo‘limdan kelsa, nega yordam bermasligim kerak?”, — deydi Temur.

    “Skver”dagi daraxtlar kesib tashlangan kun hayotimdagi eng qora kunlardan biri, — deydi Kamola Mahmudova. — Xuddi meni mashina urib ketgandek bo‘lganman. Axir daraxtlar bolalarimizning mulki. Unga tegishga haqqimiz yo‘q. Har bitta kesilgan daraxt — bolalarimizning sog‘lig‘ining bir parchasi ketdi, degani”.

    Filmda, shuningdek, qahramonlarning ekologik muammolar, tabiat, iqlim o‘zgarishlari va boshqa masalalarga oid fikrlari bilan tanishasiz. 

    “Biz global dunyoda yashayapmiz. Bu begonaning muammosi degan tushuncha qolmadi, degani. Xitoydan chiqqan virus bizni o‘ldiradi, Amerikadan chiqayotgan zaharli tutunlar bizni kuydiradi. Ya’ni muammo — hammamizniki. Bunday muammolar faqat O‘zbekiston yoki qaysidir mamlakatda emas, butun dunyoda seziladi. O‘zbekistondan boshqa davlatga qochib, bu muammodan qutula olmaysiz. 

    Keling, o‘z uyimizni saranjom qilaylik. Iqlim o‘zgarishi muammolariga qarshi kurashish uchun har bir odam kamroq iste’mol qilishi lozim. Masalan, sizga ikkita ko‘ylak kerak bo‘lsa, o‘nta olmang, yarmini oling. Bu yarmiga ketadigan paxta va bu paxtaga ketadigan suv tejaldi, degani. Biror manzilga mashinada emas, metroda boring. Shunda sizdan qoladigan karbonat angidrid kamayadi. Hammasi shundan kelib chiqadi. Har bitta tanlovning qiymati bor. Uning qiymatini bolalarimiz to‘laydi. Ularga o‘z qarzingizni qoldirmoqchimisiz?”, — deydi Temur Yunusov.

    19.10.2023, 20:40   Izoh (0)   8195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Berlinda “O‘zbekistonlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

    01.10.2022, 21:35

    Xorijdagi talabalar haqida hikoya qiluvchi O‘zbekistonlik.Students loyihasi yo‘lga qo‘yildi

    14.09.2023, 19:34

    Uzbekistan’s Club xorijdagi talabalar haqida hujjatli film suratga oldi

    16.09.2023, 19:29

    Shavkat Mirziyoyev huzurida 9 oyda erishilgan iqtisodiy natijalar ma’lum qilindi

    19.10.2023, 20:30

    Boysunda yo‘l qurilishi natijasida xonadonlarga shikast yetgani aytilmoqda. Masʼullar esa masalani paysalga solmoqda

    19.10.2023, 20:11

    Farg‘onada chegarachilar va fuqarolar o‘rtasidagi janjal videosi eʼlon qilindi. Hodisada ikki fuqaro vafot etgandi (video)

    19.10.2023, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    iPhone endilikda AirPods quvvati tugayotgani haqida oldindan xabar beradi

    Gadjetlar | 14 iyul, 14:46

    Kanadada tuproqda 60 kunda parchalanadigan ekobatareya yaratildi

    Dunyo | 14 iyul, 14:20

    “Arsenal” Dyokeresh transferini yakunlash arafasida turibdi

    Sport | 14 iyul, 14:10

    Eng hayratlanarli yakun va murakkab syujetga ega bo‘lgan turk seriallari

    Kino | 14 iyul, 14:02

    Belarus vertolyoti Rossiya dronini urib tushirdi — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 14 iyul, 14:00

    Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda issiq kuchayadi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.