Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushrashuvda bir qancha samarali loyihalar muhokama etilgan. Xususan, turizm sohasini rivojlantirish hamda xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida maydoni 4 gektarni tashkil etuvchi umumiy qiymati 12 million dollar bo‘lgan yopiq muz kurortini qurish hamda mevalarni qayta ishlash orqali eksport qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Loyihada ko‘rsatilishicha, mazkur yopiq muz kurortida 500 ta avtomobilni sig‘dira oladigan avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyatlari mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, loyiha 365 kun 24 soat mobaynida ishlash quvvatiga mo‘ljallangan holda ishlab chiqilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro mulohazalarini atroflicha o‘rtoqlashgan va hozirning o‘zida loyiha uchun taklif etilgan joylarni ko‘zdan kechirish maqsadida Xonobod shahriga borgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil iyulda Andijon shahrida 350 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan birinchi muz saroyi ish boshlagandi. O‘shanda mazkur majmuaga 17 milliard so‘m sarflangani aytilgan edi.
Izoh (1)
bunaqa LGBT support qiladigan rasmladan boshqasi yòqmi