Mirobod tuman hokimligi “Anor” kafesida yuz bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod dehqon bozori atrofida joylashgan “Anor” kafesida yong‘in yuz bergani haqida videolar tarqaldi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumani FVB xodimining hodisa joyidan xabar berishicha, tutun tarqalishiga kafening dudbo‘roni qizib ketishi sabab bo‘lgan.
“Dudbo‘ronning qizishi natijasida hosil bo‘lgan tutun bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 14-oktyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan qurilish binosida yong‘in sodir bo‘lgandi. Undan oldinroq esa Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan sport majmuasida yirik yong‘in yuz bergani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Izoh (0)