Daryo

Toshkentda qurilish binosida yong‘in sodir bo‘ldi (video) 

Aniqlanishicha, MCHJga tegishli binoda lak bo‘yog‘i yongan

1 daqiqa o‘qish17 978 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan qurilish binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Tuman hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, yong‘in “Inoqobod” MFY, Yangi zamon ko‘chasida joylashgan “Grinvich” MCHJga tegishli qurilish binosida yuz bergan.

Yong‘in ro‘y bergani haqida tuman FVVga 11:45 da xabar kelib tushgan. FVV o‘t o‘chirish tarkibi hodisa joyiga 11:50 da yetib borgan.

“Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan. Aniqlanishicha lak bo‘yog‘i yongan, yong‘in 15 kvadrat maydonni egallangan, jabrlanganlar yo‘q, yong‘in sabablari aniqlanmoqda”, — deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, 28-sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Quruvchilar dahasida Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 kishini tashkil etdi, bir nafar o‘smir hodisa oqibatida vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar