Tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining binosi yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan jamiyatning axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.
Aytilishicha, jamiyat binosning bir qismi tijorat bankiga ijaraga berilgan.
“Ijaraga olgan bank tomonidan xonalar taʼmirlanayotgan bo‘lgan. Payvandlash jarayonida qurilish materiallaridan tutun chiqqan. Voqea soat 14:40 da sodir bo‘lgan, yong‘in xavfsizligi xodimlari 4 daqiqada yetib kelib, tutunni bartaraf etgan”, — dedi jamiyat masʼul xodimi.
Qo‘shimcha qilinishicha, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)