Bollivuddagi aktyorlar nafaqat o‘zining mahorati, balki tashqi ko‘rinishi bilan ham tomoshabinlarni o‘ziga jalb qiladi. Muxlislar ularning faoliyati va shaxsiy hayoti bilan bog‘liq yangiliklarni kuzatib boradi. Quyida hind kinosining dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargani haqida ma’lumot beriladi.
Mithun Chakraborti
![](/static/nasiba/photo_2023-08-05_17-24-44.jpg)
Hind aktyori Mithun Chakraborti 350 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan va Hindistondagi eng mashhur aktyorlardan biri hisoblanadi. U 1983-yilda “Disko raqqosi” filmida suratga tushganidan keyin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Chakrabortida aktyorlik iste’dodi juda erta paydo bo‘lgan. Keyinchalik u bolalar spektakllarida faol ishtirok etdi va kino institutiga o‘qishga kirdi. Mithun tabiiy xarizma, ishonchli aktyorlik mahorati, raqsga tushish va qo‘shiq aytish qobiliyati tufayli filmlarda suratga tushdi. Aktyor bir muncha vaqt epizodik rollarni ijro etdi va “Qirollik ovi” filmida suratga tushganidan so‘ng Hindistonda nufuzli “Oltin lotus” mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu mukofot uni Bollivudni zabt etishga ilhomlantirdi.
Mithun rafiqasi Yogita bilan birgalikda to‘rt nafar farzandni tarbiyaladi. Asrab olingan Dishani ota-onasining erkatoy qizi sifatida oilaga qabul qilindi. Hozirda 73 yoshda bo‘lgan Mithun Hindistondagi eng boy insonlardan biri hisoblanadi. U mashhur mehmonxonalar tarmog‘ining egasi. Bundan tashqari, filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda. Shuningdek, u kino ijodkorlar uyushmasini boshqaradi.
Amitabh Bachchan
![](/static/nasiba/photo_2023-08-05_17-24-43.jpg)
Hindistonlik aktyor Amitabh Bachchan 200 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Xarizmatik aktyor butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar qalbini zabt etdi. U bolaligidan kino olamida mashhurlikka erishishni orzu qilgan. Buning uchun u raqsga tushish va qo‘shiq kuylash qobiliyatini oshirdi. Amitabh kollejda tugatib, yoqimli ovozi tufayli notiq sifatida ishladi. Bu uning filmlarda suratga tushishiga to‘sqinlik qilmadi. Biroq, kastinglarning birida mashhur rejissor aktyorning “juda tahdidli ko‘rinishini” aytib, uni rad etdi.
Bu vaziyatga onasining tanishi yuborgan tavsiyanoma ta’sir ko‘rsatdi. Aktyorga imkoniyat berildi. Oradan ko‘p o‘tmay Amitabh ishtirokidagi birinchi film — “Yetti hind” ekranlarga chiqdi va u “Uzoq hisob-kitob” filmida suratga tushganidan keyin katta mashhurlikka erishdi. Aktyor 80 yoshda bo‘lishiga qaramay, filmlarda rol o‘ynashni davom ettirmoqda. Shuningdek, u kitoblar yozadi va siyosat bilan shug‘ullanadi. U aktrisa Jaya Bhaduri bilan turmush qurgan, juftlikning ikki nafar farzandi bor. Bir vaqtlar bu nikoh Amitabhning xiyonati tufayli qulash arafasida edi, biroq juftlik bu vaziyatdan chiqishga va munosabatlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Dharmendra (Dharam Singh Deol)
![](/static/nasiba/photo_2023-08-05_17-24-44 (2).jpg)
Hindistonlik aktyor, prodyuser va siyosatchi Dharmendra hind kinosining afsonasi. U o‘zining eng mashhur rollarini “Zita va Gita”, “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmlarida ijro etgan. Bo‘lajak aktyor konservativ oilada tug‘ilgan. Dharmendraning ota-onasi o‘g‘lining aktyor bo‘lish orzusi haqida bilganidan keyin g‘azablandi. Biroq bu uni to‘xtata olmadi. Dastlab Dharam aktyorlik tanlovida “Yangi iste’dod” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Dharmendra u yerda kino olamiga kirib kelishiga yordam bergan aktyor Dev Anand bilan uchrashdi.
Dharmendraning birinchi filmlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi: bu loyihalar kam daromad olib keldi va uni tanita olmadi. U taslim bo‘lishga tayyor edi, biroq shunga qaramay “Tosh va Gul” melodramasida rol o‘ynashga qaror qildi. Bu film unga katta mashhurlik keltirdi va uning hind kinosi tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyorlardan biriga aylanishiga sababchi bo‘ldi.
Aktyor 300 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. U o‘zini prodyuser sifatida tanitishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, 5 yil davomida Hindistonda Bharatiya Janata partiyasining vakili bo‘lib faoliyat yuritdi. Dharmendra ikki marta turmush qurgan va birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bor.
Shohrux Xon
![](/static/nasiba/photo_2023-08-05_17-24-44 (3).jpg)
Hind kino aktyori, prodyuser va teleboshlovchi Shohrux Xon yoshligida yugurish bilan faol shug‘ullangan. Keyinchalik u sportdagi karyerasi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rdi, biroq bu amalga oshmadi. Shifokorlar uning sog‘lig‘ida muammo borligini aytdi. Oradan vaqt o‘tib Xon iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirdi va birinchi kursidayoq o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi. Keyin o‘qishni tashlab, Bollivudni zabt etishga qaror qildi.
Aktyorning bu tanlovi unga dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishga yordam berdi, u birinchi filmi “Divan”da bosh rolni ijro etdi. Biroq, “O‘g‘irlanmagan kelin”ning premyerasi unga haqiqiy mashhurlik keltirdi, ushbu filmdagi bosh rolni Tom Kruz ijro etishi mumkin edi. Bundan tashqari, Shohrux Xon “Mening ismim Xon” va “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmlarida rol o‘ynadi. Aktyor shaxsiy hayot masalasida ham yutqazmadi. U 1991-yilda kinoprodyuser va model Gauri Xon bilan turmush qurdi. Hozirda juftlik uch nafar farzandiga tarbiya bermoqda.