• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Germaniya Markaziy Osiyoda geosiyosiy ‘balans’ni to‘ldirmoqchi” — iqtisodiy tahlilchi

    Joriy yilning 28–29-sentyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Germaniyaga bordi. O‘zbekiston prezidenti 29-sentyabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan C+5 va Germaniya sammitida ishtirok etdi.

    “Daryo” ushbu mavzuda iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul bilan suhbatlashdi.

    — Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar yaqin tarixda qanday bo‘lgan?

    – Shu vaqtgacha Germaniya har bir Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik qilishni afzal ko‘rar edi. 2007-yilda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tgan. Bu sammit Germaniyaning tashabbusi bilan uyushtirilgandi. C+5 va Germaniya formati endi shakllandi. Bundan bir necha oy oldin Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Ammo u mintaqaning boshqa davlatlariga bormadi.

    — Mintaqaning 5 ta rahbari joriy yilda Rossiya, Xitoy, AQSH va mana endi Germaniya lideri bilan bir stolda muzokaralar olib bordi. Nega bugun dunyo kuch markazlari mintaqa davlatlari bilan alohida-alohida emas, balki C+5 formatida uchrashmoqda va bunday uchrashuvlarning ko‘payib borayotgani nimani anglatadi?

    — C+5 formati qaysidir maʼnoda G‘arb uchun qulay. Yaʼni G‘arb Markaziy Osiyoni yaxlit iqtisodiy va siyosiy birlashma sifatida ko‘rmoqda. AQSHning bu masalada “Katta Markaziy Osiyo” loyihasi bo‘lib, G‘arb mintaqa davlatlarining o‘zaro integratsiyasiga kirishish tarafdori. Lekin Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zi nechog‘lik bu integratsiyaga tayyor? Mana bu masala ham bor.

    Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro integratsiyaga kirishini birinchi o‘rinda O‘zbekiston istamoqda. Ammo Qozog‘istonda bunday xohish yo‘q. Yaʼni G‘arb mintaqani yaxlit ko‘rishni nechog‘lik istamasin, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zini ichida muammolar mavjud.

    — Nega bugun Germaniyaning Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib ketdi?

    — Germaniya Rossiya neftiga qarshi sanksiya eʼlon qilgani tufayli neft mahsulotlariga katta ehtiyoj sezmoqda. C+5 va Germaniya sammitida aytilishicha, Qozog‘iston Germaniyaga neft yetkazib berish bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa chiqib olgan. Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev Germaniyaga bo‘lgan neft eksportini yanada oshirish mumkinligini aytdi. Yaʼni Rossiyaning bo‘shab qolgan o‘rnini Germaniya Qozog‘iston orqali to‘ldirmoqchi.

    Boshqa tomondan Germaniya sanksiyalar ostidagi mahsulotlarni Markaziy Osiyo orqali aylanib, Rossiyaga o‘tishini xohlamayapti. Bu masalalar sammit doirasida ochiq aytildi.

    — Germaniyaning Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida yana qanday manfaatlari bor?

    — Prezident Islom Karimov davrida O‘zbekistonning Germaniya bilan savdo aylanmasi yiliga 200 million yevro atrofida bo‘lar edi. 2022-yilda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1 milliard dollardan oshdi. Yildan yilga bu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda. Bundan tashqari, nemis biznesi tobora O‘zbekistonga qizib bormoqda. Menimcha, O‘zbekiston rahbarining olib borayotgan ochiqlik siyosati bunga turtki bo‘lmoqda.

    Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Germaniyaning Turkmaniston gaziga qiziqishi bor. Ular tomonidan “NABUKKO” loyihasi ishlab chiqilgan. Lekin uning texnik asoslari islab chiqilmagan. Ushbu loyiha bo‘yicha gaz quvurlari Kaspiy dengizidan o‘tishi kerak. Bunga esa Eron va Rossiya qarshi. Hozir Turkmaniston gazini Yevropaga olib borish Yevropa Ittifoqi va Germaniya uchun asosiy maqsad.

    — Germaniya Markaziy Osiyo mamlakatlari oldiga qanday shartlar qo‘ygan bo‘lishi mumkinmi?

    — Germaniya yoki Yevropa Ittifoqi har qanday davlat bilan gaplashmasin, u davlatlarga inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha aytadigan gaplari mavjud. Balkiб bu masalalar ham Berlindagi sammitda ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy maqsad — bu iqtisodiy loyihalar. Xususan, Markaziy Osiyodagi eng aholisi ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlik qilish. Chunki bu yerda nemis biznesi uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud. Nemis biznesining O‘zbekistonga kelishi ham O‘zbekiston uchun juda muhim!

    Xitoy avtomobil sanoatining rivojlanish tarixiga bir nazar tashlasak, Xitoy avtomobil sanoatini oyoqqa qo‘ygan aynan Germaniya kompaniyalari. Bu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Germaniya bilan hamkorlik qilsa, bu nur ustiga aʼlo nur emasmi?

    — O‘zbekiston hukumati nemis biznesi uchun yetarli shart-sharoit yaratib bera oladimi?

    — O‘ylashimcha, O‘zbekiston rahbari nemis biznesini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston investorlarni o‘ziga chaqirish bo‘yicha Qozog‘istondan orqada edi. Chunki Qozog‘iston xalqaro arbitraj sudini o‘zida joriy qilgan. Yaqinda o‘qib qoldim, O‘zbekistonga ham xalqaro arbitraj sudi kirib kelmoqda ekan. Bunday ishlarni amalga oshirilish ancha quvonarli. Sababi bu katta-katta transmilliy kompaniyalarni O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.

    — Berlindagi sammitda Qozog‘iston prezidenti bir ajoyib bayonot bilan chiqdi. Prezident To‘qayev Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qilishini aytdi. Bu bayonot nimani anglatadi va Rossiya bunga qanday javob berishi mumkin?

    — Hozircha To‘qayevning gapiga Rossiya rasmiylari tomonidan hech qanday javob bermadi. Bir narsani tushunishimiz kerak. 2022-yil 23-fevral Rossiya va postsovet davlatlari uchun muhim sana hisoblanadi. Bugungi kunda Rossiya butun dunyo ko‘z o‘ngida ham iqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan qadrsizlanmoqda. Rossiyaning do‘q-po‘pisalarini hech kim jiddiy qabul qilmayapti. Germaniyaning C+5 formatida uchrashuv o‘tkazishdan maqsadi – bo‘sh qolgan kuch muvozanatini to‘ldirish. Bu jarayon endi chuqurlashaveradi. Chunki Rossiya postsovet hududida geosiyosiy kuch sifatida tanazzulga uchramoqda.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    06.10.2023, 20:30   Izoh (0)   6383
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lganidan keyingina qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga beradi

    06.10.2023, 20:06

    Oxirgi uch kun ichida Eronda 450 dan ortiq odam suv toshqinidan jabr ko‘rdi

    06.10.2023, 18:42

    Pentagon: AQSH Suriyada Turkiya dronini urib tushirdi

    06.10.2023, 16:46

    Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti eronlik Nargis Muhammadiga berildi

    06.10.2023, 14:30

    Tramp o‘zini Vakillar palatasi spikeri lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi

    06.10.2023, 14:02

    Rossiya Xarkov va Odessaga hujum qildi. 10 yoshli bola halok bo‘ldi (foto, video)

    06.10.2023, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.