• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston ilk marta milliy valyutada “yashil” maqomiga ega suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi

    O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

     Ma’lumot uchun: joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasining delegatsiyasi Nyu-York, Boston va London shaharlarida 50 dan ortiq investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

    "Uchrashuvlarda O‘zbekiston prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yashil iqtisodiyotga o‘tish, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari bozorini liberallashtirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish hamda Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish orqali savdoni erkinlashtirish siyosati hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar va chora-tadbirlar investorlar tomonidan yuqori baholandi", — deyiladi vazirlik xabarida.

     Shuni ta’kidlash joizki, so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk “yashil” suveren obligatsiyalar hisoblanadi. 

    Foto: Google images

     Ma’lumot uchun: yashil obligatsiyalar bo‘yicha kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, temir yo‘l transporti va metro transportini rivojlantirish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash, shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish kabi yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

     Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish dasturi (UNDP) jalb qilingan. Yashil obligatsiyalar dasturi bo‘yicha “Sustainalytics” tomonidan ikkinchi taraf ijobiy xulosasi olingan.

     O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi “yashil” obligatsiyalariga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olib, 3 yillik so‘mdagi xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkalarini (kupon to‘lovi) kutilgan 18 foizdan 16,25 foizga tushirishga muvaffaq bo‘lindi. Mazkur tranzaksiya bilan so‘ndirish muddati joriy yilning 23-noyabr kuni bo‘lgan 1,9 trln. so‘m miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar muddatidan oldin so‘ndirildi. 

     Ma’lumot uchun: ichki moliya bozorlarida so‘nggi o‘tkazilgan auksionda (26-sentyabr) 2 yillik davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz stavkalari 17,57 foizni tashkil qilgan. 

     Ikkilamchi bozor kotirovkalari hamda investorlar takliflaridan kelib chiqib, AQSH dollaridagi O‘zbekiston Respublikasining 5 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari uchun dastlabki foiz stavkasi 8,50 – 8,625 foiz oralig‘ida e’lon qilindi. 

     Ikkilamchi bozorda O‘zbekiston Respublikasining 2029-yilda so‘ndiriladigan xalqaro obligatsiyalari foiz stavkasi 8,1 foizga yetgan. Xususan, so‘nggi bir haftada (27-sentyabr – 7,67 foiz) foiz stavkalari 0,43 foizga oshgan.

     Buyurtmalar kitobi 1,7 mlrd. dollarga yetganda, foiz stavkalarni 8,25-8,375 foizga tushirishga erishildi. 

     Yakuniy talab 2 mlrd. dollarga yetgach, 660 mln. dollar miqdoridagi obligatsiyalar 8,125 foiz stavkada hamda 7,85 foiz kuponda chiqarildi. Mazkur kupon stavkasi moliyaviy maslahatchilar tomonidan tavsiya etilib, xalqaro obligatsiyalarni investorlarga 98,888% narxda sotilishini anglatadi (ya’ni mazkur tranzaksiyadan 652,6 mln. dollar mablag‘ kelib tushadi).

     Bugungi kunda jahon moliya bozorlarida foiz stavkalarining oshishi kuzatilmoqda. Xususan, 5 yillik AQSH G‘aznachilik obligatsiyalari foiz stavkalari 2021-yil iyul (so‘nggi marta suveren obligatsiyalar chiqarilgan davr) oyiga nisbatan qariyb 4 foizga oshib, 2021-yil iyul oyidagi 0,8 foizdan 4,7 foizga yetdi.

     Jahon moliya bozorlaridan foiz stavkalarining oshishi, mos ravishda, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli foiz stavkalarining ham keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda. 

     Xalqaro kredit bozorlarida ishlatiladigan SOFR (oldin LIBOR) stavkasi 2021-yil iyul oyidan beri 0,17 foizdan qariyb 5,3 foizga oshib, bugungi kunda 5,5 foizga yetdi. 

     Shuning uchun, xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb qilinayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar ham ikki yil ichida 1-2 foizdan bugungi kunga kelib 6,3-7,0 foizga yetdi.

    "Joriy bozor sharoitlari sababli boshqa mamlakatlar ham oldingiga nisbatan yuqori foiz stavkalarida davlat qarzini jalb qilmoqda.

     Yashil obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan kelib tushgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobot xalqaro standartlarga muvofiq shakllantiriladi va e’lon qilib boriladi", - deyiladi vazirlik xabarida.

    Avesta Investment Group boshqaruvchi hamkori, mutaxassis Karen Srapionov bu O‘zbekiston uchun nimani anglatishi va bundan mamlakat qanday foyda olishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

    “O‘zbekiston biroz pauzadan so‘ng qarz bozoriga qaytdi va yaxshi joylashtirish tufayli o‘zining yuqori kutilgan emitent maqomini tasdiqladi. Xabarda taʼkidlanganidek, ushbu emissiyalar avval chiqarilgan so‘m emissiyalaridan birini muddatidan oldin to‘lashga yo‘naltirilgan bo‘lib, dollar emissiyasidan tushgan mablag‘lar, katta ehtimol bilan, muomala muddati 2024-yilda yakunlanadigan debyut emissiyalaridan birini to‘lash uchun yo‘naltiriladi. 

    Xalqaro kapital bozorlariga kirish mamlakatga rivojlanish uchun mablag'larni muntazam ravishda qarzga olish va mamlakatga pul jalb qilish imkoniyatini beradi. Bu masalalar yaqqol ko‘rsatdiki, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, sarmoyadorlar bilan muloqot va hokazolarda yuqori darajani saqlab turgan holda, bunday qarzlar, aslida, mamlakat ichida qolib, iqtisodiyot va aholi manfaati uchun ishlaydigan abadiy pulga aylanadi.

    Har safar oldingi qarzni to'lash vaqti kelganda, u yangisi bilan qayta moliyalashtiriladi va mamlakat faqat foizlarni to'laydi. Agar iqtisodiy o'sish va islohotlar yaxshi ketsa, qarz narxi asta-sekin kamayadi.

    Bu safar narx ancha yuqori bo'lib chiqdi, ammo bu butun jahon iqtisodiyotidagi sharoitlar o'zgarganligi va risksiz stavkalar ko'p yillik eng yuqori darajalarga ko'tarilganligi bilan bog'liq. Men bu masalani nihoyatda ijobiy deb baholayman”, — dedi Karen Srapionov.

    06.10.2023, 20:26   Izoh (0)   4877
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi

    06.10.2023, 19:13

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashdi. Qanday masalalar muhokama qilindi?

    06.10.2023, 18:51

    Humo tizimida uzulishlar kuzatilayotgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    06.10.2023, 18:28

    Qurigan va qo‘porib tashlangan yuzlab daraxtlar, noqonuniy qurilishlar: Bosh prokuratura “Dendropark”ni tekshirishni boshladi

    06.10.2023, 17:39

    Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya hukumati raisi bilan muzokara o‘tkazdi 

    06.10.2023, 17:32

    Yandex.Go (Taxi) soliqqa tortiladimi? Soliq qo‘mitasi kompaniyaga qatʼiy talablar qo‘yilganini maʼlum qildi

    06.10.2023, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.